• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Investision muhit jozibadorligi — O‘zbekiston iqtisodiy diplomatiyasining yutug‘i

    Bugungi globallashuv va keskin raqobat sharoitida mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, avvalo, uning investision muhiti qay darajada jozibador ekaniga bog‘liq. Investision muhit esa, o‘z navbatida, to‘g‘ri investisiya siyosati, hududlarda faollikni rag‘batlantirish mexanizmlari hamda xorijiy va mahalliy investorlar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga tayangan holda shakllanadi.

    Bugungi bozor iqtisodiyoti tezkor rivojlanayotgan bir paytda, ko‘pgina davlatlar o‘z iqtisodiyotiga katta miqdorda investisiya jalb etishga ehtiyoj sezmoqda. Chunki ichki resurslar yetarli emas. Shu sababli xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish har qanday davlatning iqtisodiy strategik maqsadlaridan biriga aylangan. Buning uchun esa investision muhitni yaxshilash, moliyaviy xatarlar va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, huquqiy kafolatlarni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

    O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investision siyosatda qat’iy va izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda barqaror makroiqtisodiy muhit, qulay biznes sharoiti yaratish, yer resurslaridan tortib, lisenziya va ruxsatnoma berish tizimini soddalashtirishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda amaliy choralar ko‘rilmoqda. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonni xorijiy sarmoya uchun jozibali hududga aylantirmoqda.
    Shu maqsadda, 2022 yildan boshlab Toshkent shahrida Xalqaro investisiya forumi o‘tkazish an’anaga aylandi. Ushbu forum nafaqat sarmoyadorlar va hukumat vakillarining uchrashuv maydoni, balki O‘zbekiston iqtisodiy diplomatiyasining muvaffaqiyatli namoyon bo‘lish sahnasiga aylandi.

    Ishonch, imkoniyat va hamkorlik platformasi

    2022 yil 24–26 mart kunlari o‘tkazilgan I Xalqaro investisiya forumida 7,8 milliard AQSH dollariga teng shartnomalar va investisiyaviy bitimlar imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Tadbirda 56 davlatdan 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

    2023 yil 27–28 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan II forum esa 70 dan ziyod mamlakatdan kelgan 2500 ga yaqin ishbilarmon vakillarini jamladi. Forum doirasida 160 dan ortiq loyiha taqdim qilindi, mamlakat hududlarining salohiyati tanishtirildi. Bu orqali xalqaro tajriba va bilimlar almashuvi ta’minlandi, yangi hamkorliklar uchun yo‘l ochildi.

    2024 yilning 2–3 may kunlari o‘tkazilgan III Xalqaro investisiya forumi esa ko‘lam va natijalar bo‘yicha yangi bosqichga ko‘tarildi. 84 davlatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan tadbirda umumiy qiymati 26,6 milliard AQSH dollariga teng kelishuvlar imzolandi. Bunday ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi roli ortib borayotganidan dalolat beradi.

    Amaliy natijalar: raqamlarda

    Shu kabi forumlar natijasida 2024 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investisiyalar hajmi 1,6 barobar o‘sib, qariyb 35 milliard dollarni tashkil etdi. Qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta loyiha amalda ishga tushirildi. Ilk bor eksport ko‘rsatkichi 27 milliard dollarga yetdi. Eng muhimi, neft-gaz, kimyo, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati kabi sohalarda investisiyalar ikki barobar oshib, 50 tumanga 100 million dollardan ortiq sarmoya kiritildi.

    2025 yil uchun ham xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan. Jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 1,1 milliard dollar, Islom taraqqiyot banki bilan 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

    Yangi forum — yangi bosqich

    Joriy yilning 10–12 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi IV Xalqaro investisiya forumi avvalgilarga nisbatan ancha yirik ko‘lam oldi. Unda dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 3000 xorijiy mehmon, umumiy 8000 dan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda. 

    Forum doirasida energetika, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi va foydali qazilmalar sohalariga oid umumiy qiymati 30 milliard dollardan oshiq investisiya loyihalari taqdim etiladi.
    Bunday ko‘lamdagi tadbirning tashkil etilishi O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchning, mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga bo‘lgan qiziqishning, shu bilan birga, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligining yorqin ifodasidir.

    Investision muhit jozibadorligi bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatida strategik ustuvorlikka aylangan. Davlat rahbariyatining qat’iy iradasi, ochiq iqtisodiyotga asoslangan siyosiy kurs hamda xalqaro hamkorlikning kengayishi mamlakatni investisiyaviy jihatdan raqobatbardosh va ishonchli sherik sifatida namoyon qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy diplomatiyaning eng katta yutug‘idir.

    Nodirbek Rasulov, 
    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari, Iqtisodiyot fanlari doktori

    11 iyun, 14:03   Izoh (0)   2050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qadimgi misrliklar nega ko‘zlariga surma qo‘ygan?

    11 iyun, 10:05

    Bugungi O‘zbekiston dunyoga ochilgan, munosib sherik bo‘la oladigan mamlakatga aylandi

    10 iyun, 16:15

    Jahon yulduzlarining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, biroq uzoqqa cho‘zilmagan sevgi hikoyalari 

    4 iyun, 14:21

    Bo‘stonliqda “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi bo‘lib o‘tdi

    31 may, 21:07

    Shavkat Mirziyoyev Ostonada strategik ahamiyatga ega tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda

    30 may, 11:19

    Eldor Aripov: "Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega"

    21 may, 17:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Tottenhem”ning Savinyo bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi

    Sport | 15 avgust, 11:01

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    “Isroil xalqaro jurnalistlarga G‘azoga kirishga ruxsat berishi lozim” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 10:55

    Meksika ko‘chalarida 4 ming dollarlik robot it sayr qilmoqda (video)

    Dunyo | 15 avgust, 10:43

    Buyuk Britaniyada chivin orqali yuqadigan kasallik holatlari ikki barobar ko‘paydi

    Dunyo | 15 avgust, 10:29

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.