• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Do‘stlik” metro bekatidan Yangi Toshkent shahrigacha metro yo‘li quriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    So‘nggi yillarda izchil oshgan investitsiyaviy jozibadorlik tufayli poytaxtda bunyodkorlik surʼati jadal. Ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, madaniyat va sport majmualari shahar imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Yangi Toshkent qurilishi ham boshlanib, ikkisi zamonaviy megapolisga aylanmoqda.

    Uzoq yillar xizmat qiladigan bunday ishlarda, albatta, sifat juda muhim. 13-may kuni shu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Davlat rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini taʼkidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

    Bugungi taqdimotda shu borada bajarilgan ishlar haqida axborot berildi. Topshiriqqa binoan, yangi loyihalashtirilayotgan ko‘p qavatli binolarning xavfsizlik talablariga mosligi qayta o‘rganib chiqilgan. “O‘zGASHKLITI”, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya kabi 10 ga yaqin tashkilotning ilmiy-texnik xulosalari olingan. Yangi talabga ko‘ra, ko‘p qavatli binolarning zilzilaga bardoshliligi 9 balldan kam bo‘lmaydi. Har bir shunday loyiha bo‘yicha yig‘ma xulosalar qilinadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Osmono‘par inshootlar, yangi majmualar ko‘paygani sari ularga barqaror elektr energiyasi ham zarur. Shu bois Chilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya qurilishi rejalashtirilgan. Bu orqali shu hududdagi bo‘lajak loyihalar uchun qo‘shimcha quvvat paydo bo‘ladi, hozirgi tarmoqlarga yuklama tushmaydi.

    Shuningdek, ushbu tumanda 20 ming metr kub sig‘imga ega suv rezervuari barpo etilishi mo‘ljallangan. Natijada Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ichimlik suvi taʼminoti uzluksizligi taʼminlanadi. Kuniga qariyb 8 ming kilovatt soat elektr tejaladi.

    Toshkent shahri ko‘plab ishbilarmonlik tadbirlari, forum va ko‘rgazmalarga mezbonlik qilmoqda. Shunday joylardan biri Central Asian Expo Uzbekistan – CAEx majmuasi. Xalqaro anjumanlar doirasida turli uchrashuvlar ham o‘tkazilishini inobatga olib, bu yerda muzokara zallari qurilishi ko‘zda tutilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shahar jozibadorligining yana bir muhim omili – qulay jamoat transporti. Poytaxtda ham avtobus, ham metropoliten yo‘nalishlari izchil kengaytirib borilmoqda.

    Avval xabar qilinganidek, metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Buni 2 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. Ikkinchi bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.

    Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yo‘lni Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu sohadagi yana bir istiqbolli loyiha – Yangi Toshkent shahriga metro yo‘lidir. U hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololadi.

    Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Toshkent metro politenining “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan TTZ dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv vaqtida ma’lum qilgan edi.

    16 iyun, 21:43   Izoh (0)   1585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#metro

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tasdiqlangan vazirlar, Toshkentda sotilgan ikkita mehmonxona, tug‘uruqxonada vafot etgan 20 yoshli homilador ayol: 21-noyabrning eng muhim xabarlari 

    21.11.2024, 22:49

    Ishdan olingan bosh vazir yordamchisi va uning akasi, Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib, qamoqqa olinganlar, Qashqadaryoda ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirgan er...

    25.11.2024, 23:10

    Toshkentda jamoat transporti tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin

    27.11.2024, 18:52

    Turkiyadagi terakt, isroillik ruhoniyning o‘ldirilishi, Shvetsiyadagi fojia — o‘zbekistonliklar aybdor deb topilgan eng yirik terroristik harakatlar

    19.12.2024, 20:29

    O‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotlagan Yashnobod hokimi, o‘zbek sportida aniqlangan yilning eng yaxshilari, to‘lov miqdori kamaytirilgan ayrim ro‘yxatdan o‘tkazish

    23.12.2024, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi infratuzilma qurilishi va ilk loyihalarni ko‘zdan kechirdi 

    28.12.2024, 19:04

    Samarqandda yerusti metro yo‘li qurilishi kutilmoqda

    14 yanvar, 18:07

    BAAda nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari, Samarqandda qurilishi kutilayotgan yerusti metro yo‘li, Istanbulda qalbaki alkogold...

    14 yanvar, 22:40

    Prezident Toshkentda qurilgan High Town City majmuasini borib ko‘rdi

    20 mart, 14:43

    “Buyuk ipak yo‘li”dan TTZ dahasigacha 10 ta metro bekati quriladi

    20 mart, 14:59

    Jizzaxda sodir bo‘lgan ayanchli YTH, asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirgan Markaziy bank, TTZ dahasigacha quriladigan metro bekatlari: 20-martning eng muhim xab...

    20 mart, 22:45

    Poyezddagi suvaraklar, qo‘polligi sabab ishdan olingan tarbiyachi, Yangiyo‘lda bog‘chaga qulagan kranning o‘q qismi: 27-martning eng muhim xabarlari

    28 mart, 00:11

    Toshkent metropolitenini TTZ dahasigacha olib borish 2 bosqichda amalga oshiriladi

    19 may, 16:13

    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

    23 may, 18:00

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    30 may, 22:55

    Tramp Isroilga Eron oliy rahnamosini o‘ldirmaslikni buyurdi — OAV

    16 iyun, 09:25

    AQSH Ukrainadagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

    16 iyun, 13:06

    “Hokim, vazirlar topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart” — Shavkat Mirziyoyev

    16 iyun, 09:58

    “O‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin” — Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz muammosi bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

    16 iyun, 10:15

    “Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart” — Shavkat Mirziyoyev  

    16 iyun, 10:52

    Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi 

    16 iyun, 10:44

    Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatiladi

    16 iyun, 11:26

    O‘zbekistondagi 15 ta tuman hokimi ishdan olinishi mumkin

    16 iyun, 12:12

    O‘zbekistonda yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

    16 iyun, 12:21

    Turkiya Bosfor va Dardanellda xorijiy kemalar uchun to‘lovlarni oshiradi

    16 iyun, 15:30

    “Ular faqat jarima yozish uchun ishlayapti” — prezident yo‘llardagi kameralar haqida gapirdi

    16 iyun, 12:27

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    Shavkat Mirziyoyev “yashil” hudud va bolalar o‘yingohlari qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi

    16 iyun, 13:18

    O‘zbekistonda 1-avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

    16 iyun, 13:23

    O‘zbekiston tumanlarida boshqaruv tizimi o‘zgaradi

    16 iyun, 15:51
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil etilayotgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 12:08

    Agalarov Development: Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani uchun ekologik standartlarning yangi bosqichi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 12:00

    Devid Bekhem va Gari Oldman ritsarlik unvoniga sazovor bo‘lishdi

    Madaniyat | 17 iyun, 12:00

    Netanyaxu: “Xomanaiyning o‘ldirilishi Eron bilan ziddiyatga chek qo‘yadi”

    Dunyo | 17 iyun, 11:48

    Xonanda Sogdiananing onasi vafot etdi

    Musiqa | 17 iyun, 11:43

    O‘zbekistondagi ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 11:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.