Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi BAA – O‘zbekiston o‘yinidan avval matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning ikkinchi qismida Timur Kapadze hamda Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.
Kapadze ertaga jamoani muhim va qiziqarli uchrashuv kutib turganini aytdi.
Masharipov esa biroz hayajon borligi, chunki hech qachon bunday bosqich va davrda bo‘lmaganini bildirdi.
36 millionlik xalqimiz bizdan ijobiy natijani kutmoqda. Biz xalqimiz uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz. Biz JCHga loyiq ekanliginimizni ko‘rsatish vaqti keldi. Bizga oson bo‘lmaydi, lekin hech narsa to‘sqinlik qilmaydi deb o‘ylayman. Ertaga o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilishga urinamiz, deydi vinger.
Kapadze raqib haqida qanchalik tushunchaga ega ekanligini, BAAdan qanday o‘yin kutayotgani xususida gapirdi.
Albatta, o‘rganib chiqdik. Har taraflama yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. To‘g‘ri, ularda murabbiy yangi. Biroq bugun paydo bo‘lib qolmagan. Ularni o‘rganishga harakat qildik. Asosiysi, o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz lozim, dedi Kapadze.
Temur Kapadze, shu bilan birga, sobiq murabbiy Katanes bilan aloqadaligi haqida ham aytib o‘tdi.
Albatta, bu davrga yetib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qilishdi. Bizni ikkita muhim o‘yin kutib turibdi. Hammasi o‘z qo‘limizda. Ertaga g‘alaba qozonib, keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak. Srechko Katanesning sog‘lig‘i joyida. Uning yordamchilari esa bugungi kunda mening shtabimda faoliyat yuritmoqda, deydi mutaxassis.
Izoh (0)