2021-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining joriy yilgi mavsumi yakuniga yetdi.

Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tgan final bahsida Sirdaryo viloyatining “Jomiy” mahallasi yoshlari Qashqadaryo viloyati jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi.







Eslatib o‘tamiz, DXX kubogi futbol va mini-futbol yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Turnir mamlakat yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Izoh (0)