Parijning “PSJ” klubi yangi futbolchisi Iliya Zabarniyning rafiqasi Angelina Zabarna erining rossiyalik darvozabon Matvey Safonov bilan yaqin munosabatda ekani haqidagi xabarlarni “ahmoqlik” deb atadi.

Avvalroq Fransiyaning Paris No Limit nashri Zabarniy va Safonov, mamlakatlari o‘rtasidagi urushga qaramay, jamoa ichida bir-biri bilan yaxshi chiqishayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Nashrga ko‘ra, ular UEFA Superkubogi doirasidagi Udineda bo‘lib o‘tgan “Tottenhem”ga qarshi o‘yindan oldin samolyotda yonma-yon o‘tirib kelishgan.
Menimcha, hamma bizning pozitsiyamizni yaxshi tushunadi. Biz o‘z prinsiplarimizdan chekinmaymiz. Fransuz OAV esa ko‘proq auditoriya yig‘ish uchun bunday asossiz gaplarni o‘ylab topmoqda. Bunday mish-mishlarni izohlashning o‘zi ortiqcha. Rahmat, — dedi Zabarna Tribuna nashriga.
Ma’lumot uchun, “PSJ” yozgi transfer oynasi vaqtida Angliyaning “Bornmut” klubidan 22 yoshli Iliya Zabarniyni 63 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Matvey Safonov esa 2024-yil yozida Rossiyaning “Krasnodar” klubidan parijliklar safiga qo‘shilgan.
Izoh (0)