Fransuz moda uyi Balenciaga yana bir bor internetni qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ladigan aksessuar bilan hayratga soldi. Brend erkaklar uchun mo‘ljallangan Marché Packable Tote Medium nomli sumkasini taqdim etdi. Uning narxi 995 AQSH dollarini tashkil etadi.

Sumka tashqi ko‘rinishidan oddiy ko‘k rangdagi, biroz g‘ijimlangan xaridlar uchun paketni eslatadi. Ammo u arzon plastikdan emas, balki yuqori chidamli poliamid va daynima materiallaridan tayyorlangan.
Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, sumka 10 kilogrammgacha og‘irlikni ko‘tara oladi. Uning uzunligi 52,8 sm, eni 50 sm bo‘lib, ixcham qilib yig‘iladigan tuzilma va ichki cho‘ntakka ega. Aksessuarning old qismida Balenciaga logotipi hamda Parijdagi brend do‘konlarining manzillari yozilgan.


Balenciaga ilgari ham internetda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, noodatiy dizaynli buyumlarni ishlab chiqargan. Masalan, 925 dollar turadigan “sochiq-yubka” (towel-skirt bag) kolleksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tanqid va hazillarga sabab bo‘lgan.

“Paket-sumka” cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan va hozircha faqat oldindan buyurtma (pre-order) asosida sotilmoqda.
Izoh (0)