• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar Salomatlik

    Organizmga D vitamini tanqisligini bildiruvchi belgilarni bilasizmi?

    D vitamini tanamiz uchun suyaklar mustahkamligi, immunitet va umumiy sog‘liqni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligini ko‘p hollarda sezish ancha mushkul. Ammo organizm ayrim alomatlar orqali bu moddaga ehtiyoj sezayotganini bildiradi.

    gg
    Foto: EMA
     

    Kuz-qish mavsumida quyoshli kunlar kamayib borgan sari, D vitamini tanqis bo‘lgan davrda o‘zingizni tetik va ishchan saqlashga qanday yordam berish haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Zero, aynan shu vitamin tanamizning ko‘plab funksiyalarini, jumladan kalsiy va fosfor almashinuvi, immunitet, jismoniy faollik va chidamlilikni boshqaradi.

    Quyida SM-Klinika endokrinologi va diyetologi Ulyana Viktorovna Rumyanseva bilan birga D vitamini yetishmasligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarni ko‘rib chiqamiz.

    Suyak-mushak tizimi va teri muammolari

    Mushaklar zaifligi, mushak va suyaklarda og‘riq hamda tortishishlar, singan joylarning sekin bitishi, soch to‘kilishi, tirnoqlar mo‘rtligi, teri quruqligi va qichishi — bularning barchasi organizmda D vitaminiga bog‘liq kalsiyning suyaklar, mushaklar, teri va uning hosilalari — tirnoqlar hamda sochlarda kamayishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.

    Holsizlik va kayfiyat buzilishi

    Asab to‘qimasida D vitaminiga retseptorlar mavjudligi sababli holsizlik, uyquchanlik yoki uyqusizlik, tez charchash, kayfiyatning depressiyagacha pasayishi, haddan tashqari terlash, ayniqsa qo‘l va oyoq kaftlarida kuzatilishi mumkin.

    gg
    Foto: DVN

    Immunitet pasayishi

    D vitamini organizmning immunitet hujayralariga ta’sir ko‘rsatib, turli yuqumli va yallig‘lanish jarayonlariga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Shu sababli uning tanqisligi immunitet zaiflashishiga olib keladi. Natijada tez-tez shamollash, turli xil yallig‘lanishlar va sekin bitadigan yaralar paydo bo‘lishi mumkin.

    Ko‘rish va ovqat hazm qilish muammolari

    Ishtaha pasayishi, tana vazni kamayishi, og‘iz qurishi (achishishi) va ko‘rish qobiliyatining yomonlashuvi ovqat hazm qilish tizimi hamda ko‘z to‘qimalaridagi D vitamini retseptorlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular vitamin yetishmovchiligiga o‘ziga xos tarzda ishdan chiqish bilan javob beradi.

    Surunkali kasallikning rivojlanishi

    D vitaminining asosiy vazifasi fosfor-kalsiy almashinuvini tartibga solish, ya’ni kalsiy so‘rilishi, o‘zlashtirilishi va suyaklar hamda mushaklarga yetkazilishini oshirish bo‘lgani sababli uning yetishmasligi natijasida bolalarda rivojlanish sur’ati sekinlashadi (o‘sishdan orqada qolish, vazn yetishmasligi, tishlarning kech chiqishi), raxit, umurtqa pog‘onasi qiyshayishi kuzatiladi. Kattalarda esa suyak zichligi kamayishi, suyak sinishlari, tez-tez tish kariyesi uchraydi. Ayollarda hayz davrining buzilishigacha, hattoki bepushtlikka olib kelishi, o‘smirlarda jinsiy rivojlanishning kechikishi kuzatiladi.

    gg
    Foto: Getty Images

    Shu bilan birga, yuqorida keltirilgan belgilar endokrin, yurak-qon tomir, asab va ovqat hazm qilish tizimlarining noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkinligini unutmaslik lozim. Shu sababli D vitaminining yuqori (davolovchi) dozalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi. Eng ma’qul yo‘l — bu masalani mutaxassis bilan maslahatlashish chog‘ida muhokama qilishdir.

    D vitamini terida ultrabinafsha nurlar ta’sirida hosil bo‘ladi, shuningdek, baliq moyi, go‘sht, jigar, tuxum, sut va sut mahsulotlari orqali ovqat bilan organizmga kiradi. Shu bois bu vitaminning profilaktik va davolovchi dozalarini belgilashda organizmning individual xususiyatlarini hamda ovqatlanish tarzini hisobga olish zarur. Bundan tashqari, D vitaminini tayinlashdan avval uning qondagi boshlang‘ich darajasini aniqlash lozim — buni albatta shifokor amalga oshirishi kerak.

    Fruits and Vegetables High in Vitamin D to Include in Your Diet

    Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, D vitaminiga boy parhez, quyosh vannalari (qishda quyoshli kunda ochiq havoda kamida 2 soat, bahor, yoz va erta kuzda kuniga kamida 4 soat bo‘lish) hamda kuz—qish—bahor mavsumida (oktyabrdan aprelgacha) D vitaminining profilaktik dozasini qabul qilish tavsiya etiladi.

    11 avgust, 14:21   Izoh (0)   1025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35

    Antarktidada 65 yil avval halok bo‘lgan britaniyalik tadqiqotchining qoldiqlari topildi

    Dunyo | 11 avgust, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.