Bu bolalar imperiya merosxo‘rlari, xalq sevgan insonlar va mashhurlar oilasida dunyoga kelgan. Tug‘ilishidanoq millionerga aylangan bolalar haqida ma’lumot beramiz.
Shahzoda Lui
Britaniya qirollik oilasida tug‘ilgan shahzoda Lui hozirda 7 yoshda. Albatta, u hali o‘z daromadiga ega emas, biroq bolaning asosiy moliyaviy boyligi — uning nasl-nasabidir. Lui oilasi har yili davlatdan ta’minot va Kornuoll gersogligidan 100 million dollardan ortiq daromad oladi. Bu mablag‘ning bir qismi allaqachon kichik shahzoda hisobida saqlanayotgan bo‘lsa, ajab emas
Blu Ayvi Karter
Jay-Z va Beyonsening 13 yoshli qizi allaqachon Billboard’ga kirdi, “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi, onasining konsertida raqs guruhida qatnashdi, audiokitobga ovoz berdi... Bu faoliyatlar tufayli o‘tgan yili Bluning boyligi 700 million dollardan oshiq deb baholandi. Ammo bularning barchasi farzandlari uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan ota-onalari tufayligina amalga oshdi.
Stormi Vebster
Stormi dunyoga kelganda, uning ota-onasi Kayli Jenner va Travis Skott shuhrat cho‘qqisida edi. Kayli eng mashhur modellardan biri va kosmetika brendining egasi, Travis esa ajoyib musiqachi edi. Hozirda 7 yoshli Stormining boyligi 730 million dollarga yetgan. Qizaloqning allaqachon krossovkalar va Prada sumkalari to‘plami, shuningdek, onasining Mercedesiga o‘xshash kichik nusxadagi avtomobillari bor.
Nort Uest
Kim Kardashyan va Kanye Uest qizi tug‘ilishi bilanoq unga pul jamg‘armasi tashkil etishdi. Bu jamg‘armaga bir nechta bitkoinlar, 14 ta ko‘chmas mulk obyekti, 5 ta yaxta va 65 million dollar kiritildi. Bularning barchasi Nort 24 yoshga to‘lganda rasman uning mulkiga aylanadi. Hozirda qizaloq atigi 12 yoshda bo‘lsa-da, u ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritish, musiqa kliplari va fotosessiyalarda suratga tushish orqali o‘zining boshlang‘ich kapitalini deyarli 400 million dollargacha ko‘paytirdi.
Valentina Paloma Pino
Aktrisa Salma Xayek va milliarder Fransua-Anri Pinoning qizi juda kamtarona hayot kechiradi. U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi, ommaviy axborot vositalarida kamdan-kam ko‘rinadi, biroq vaqti-vaqti bilan onasi bilan jamoat oldiga chiqadi. Shunga qaramay, Valentina dunyodagi eng boy bolalardan biri hisoblanadi. U atigi 7 yoshligida ota-onasi uning hisobiga 12 million dollar qo‘ygan. Bugungi kunda esa 17 yoshli qizning boyligi qariyb 300 million dollarga yetgan. Bundan tashqari, Pinoning vorisi uch tilni mukammal biladi, bu bilim ham, shubhasiz, kelajakda o‘z samarasini beradi.
Izoh (0)