Avstriyada Vena–Gamburg yo‘nalishida harakatlanayotgan ICE 90 Deutsche Bahn tezyurar poyezdi 26-iyul kuni texnik nosozlik sababli tunnelda to‘xtab qoldi. Hodisa oqibatida taxminan 400 nafar yo‘lovchi 6 soat davomida qorong‘i va issiq tunnelda qolib ketdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd harakatlanishni boshlaganidan 15 daqiqa o‘tgach, mahalliy vaqt bilan 13:30 atrofida to‘xtab qolgan. Poyezdning elektr tarmog‘iga ulangan pantografi nosozlikka uchragan, shu sababli vagonlar elektrdan uzilib qolgan.
Yo‘lovchilar zaxira poyezdga ko‘chirilgan, so‘ngra ular avtobuslar bilan Venaga yetkazilgan. Evakuatsiya paytida ayrim yo‘lovchilar ogohlantirishlarga qaramay, o‘z holicha vagonlarni tark etgan. Qidiruv-qutqaruv ishlariga 100 dan ortiq qutqaruvchi jalb qilingan. Mutaxassislar xavfsizlik nuqtayi nazaridan tunneldagi elektr ta’minotini vaqtincha o‘chirishga majbur bo‘lgan. Bu esa evakuatsiyani yanada cho‘zib yuborgan.
Hodisa joyida 2 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ammo ularni kasalxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelmagan. Ushbu voqea sababli Venadan jo‘nab ketayotgan boshqa poyezdlar ham kechiktirilgan.
Izoh (0)