Londonning “Arsenal” klubi Portugaliyaning “Sporting” jamoasidan hujumchi Viktor Dyokeresh transferini rasman yakunlagach, boshqa bir futbolchi — “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Eberichi Ezeni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokara boshlaydi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub 27 yoshli ingliz futbolchisi uchun 60 million funt sterling (taxminan 68,4 million yevro) to‘lashga tayyor. Biroq bu summa “Kristal Pelas” tomonidan futbolchi uchun belgilangan 68 million funtdan (77,5 million yevro) biroz kamroq.
Shuningdek, Shuningdek, “Arsenal” ushbu summani uch bosqichda bo‘lib to‘lashni istamoqda. Ayni paytda klub rahbariyati “Kristal Pelas” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Eze o‘tgan mavsum jami 43 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Pelas” bilan shartnomasi 2027-yilgacha amal qilmoqda. Transfermarkt portali Eberichining qiymatini 55 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)