O‘zbekistonda joriy yil I yarmida prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasida 67 mingdan ortiq noqonuniy holatlar fosh etilgan. Bu haqda 22-iyul kuni Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
-V_pfU0PU.avif)
Maʼlum qilinishicha, olti oy mobaynida yoqilg‘i-energetika sohasida qonuniylikni taʼminlash maqsadida 70 mingta reyd tadbirlari o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida 67 mingdan ortiq noqonuniy holatlar fosh etilib, 758 mlrd so‘m zarar undirilgan.
Olti oy davomida prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 248 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.
“Nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilganligi aniqlangan 1,3 trln so‘mlik zararning undirilishi taʼminlangan”, deyiladi manba xabarida.
Yarim yil ichida prokurorlar mamlakatda 842 marta bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazib, 5 ming 389 nafar ishsiz fuqaroni ishga joylashtirgan. Bu davrda 9 ming nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, 18 ming nafardan ortig‘iga muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashilgan.
Qayd etilishicha, prokuror nazorati tadbirlari natijasida davlat dasturlariga kiritilgan 5 ming 661 ta qurilish obyekti o‘z muddatida foydalanishga topshirilishi, 3,7 trln so‘m mablag‘lar tejalishi taʼminlangan.
-fyWuO_mn.avif)
“O‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan 861 gektar yer maydonlari zaxiraga qaytarilishi taʼminlandi”, deb yozadi manba.
Shu bilan birga, yarim yil davomida O‘zbekistondagi 626 gektar yer maydonlarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 977 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)