O‘zbekistonda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idan bugungi kunda 400 mingdan ortiq kishi foydalanadi. Bu mamlakatda ommabop ijtimoiy tarmoq bo‘lmasa-da, u yerda jurnalistlar, blogerlar va turli faol foydalanuvchilar qiziqarli mavzularni muhokama qiladi. “Daryo” shu kunlarda tarmoqda muhokama qilinayotgan mavzularga to‘xtaldi.
Jurnalist Shuhrat Shokirjonov shoir Jamshid Akbarovning yangi ijodi bilan bo‘lishdi. “Bunday tinch yurtda yashash bir ne’mat” deb nomlangan she’rni ulashdi.
Бундай тинч юртда яшаш бир неъмат pic.twitter.com/TwHuT8wzZ2
— Shuhrat Shokirjonov (@shokirjonov) July 21, 2025
“Teshavoy aka” nomli akkaunt foydalanuvchisi stendap yo‘nalishida ijod qiladigan ijodkorning “qora yumor’ini tanqid qildi. Uning fikricha, bu yerda hech qanday kulgili narsa yo‘q. Qiziqchi amakivachchalarning turmush qurishi haqida xazil qilib, ularning farzandi nogironligidan bilib olish mumkinligini aytib o‘tgan.
Сизнингча бу юморми?
— Тешавой ака (@teshavoy_aka) July 21, 2025
Мен кулгули нарса курмадим бу ерда. pic.twitter.com/cAIfYTg6uq
“Tirik jonni yoqish — bu hazil emas. Bu odob-axloqdan emas, bu allaqachon ruhiy holatga doir tashxis”. Ekofaol Feruzbek Sayfullayev ko‘p qavatli uylar podyezdida ikki voyaga yetmagan bolalar mushukni yoqib yuborganini keskin tanqid qildi. Uy hayvonlariga e’tibor insoniylik mezonini belgilaydi. Ekofaolning qo‘shimcha qilishicha, holat qachon va qayerda yuz bergani aniqlanmoqda.
Xushnudbek Xudoyberdiyev do‘ngalaklar mavzusiga e’tibor qaratib, mahalla ichidagi keskin burilishlarda ularning foydasi katta ekanini e’tirof etgan.
Do’ngalakni nega keskin burilish joylariga ham qo’yishgan, deya e’tiroz qilishgandi. Aslida aynan shu joyga kerakligiga yaqqol misol. Qo’shni mahallada mashina keskin burilishga katta tezlikda kelyapti, qayrilishda bolalar o’ynayapti, lekin ko’rinmayapti. Yaxshiyam do’ngalak bor pic.twitter.com/5KeZbJk9FM
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) July 19, 2025
“Daryo” nashri do‘ngalaklar haqida video tayyorlagan. Ushbu link orqali videoni tomosha qilishingiz mumkin.
Akmal Khamraev nomli akkaunt egasi National Geographic telekanali Buxoro haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun viloyatda tasvirga olish ishlari jarayonidan fotosuratlar taqdim etdi.
История Бухары на мировой арене через телеканал National Geographic.
— Akmal Khamraev (@superakish) July 21, 2025
Один из самых авторитетных информационных каналов мира вскоре представит всему миру исторические и культурные пейзажи одного из древнейших городов Узбекистана — Бухары. pic.twitter.com/W3cf7tlQZo
Ushbu tarmoq dunyo bo‘ylab ham mashhur. Quyida shu kunlarda jahonda trendda bo‘lgan ba’zi mavzular yoritildi.
Devid Bekham umrida ilk bor omadsiz soch turmagiga ega bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, sportchining qo‘lidan soch olish mashinkasi sirg’alib chiqib ketgan.
✂️🎩 Дэвид Бекхэм впервые в жизни сделал неудачную прическу – у англичанина выскользнула из рук машинка для бритья, и он был немедленно затроллен Викторией 🥇
— Спортс" (@sportsru) July 21, 2025
❤️ – наша любимая пара в футболе! pic.twitter.com/AoghTNyG3O
Yaponiyada bosh vazir uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Yaponiyalik tarmoq foydalanuvchilaridan biri ushbu jarayonda qatnashgani haqida yozib qoldirdi.
投票完了!
— Seigo (@Repsol1968) July 20, 2025
可愛い投票済証をもらえました♫#選挙へ行こう #投票完了 #参議院選挙 pic.twitter.com/wWDaR1yi8H
X ijtimoiy tarmog‘ining turkiyalik foydalanuvchilari tomonidan #GazzeyiUnutma heshtegi ommalashmoqda.
https://x.com/digerkm/status/1947023519134445908
MMA muxlislari faoliyatini tugatgan Dastin Porye haqida iliq fikrlar bildirmoqda.
Dustin Poirier lays the gloves down
— Spinnin Backfist (@SpinninBackfist) July 20, 2025
DIAMONDS ARE FOREVER 💎#UFC318 pic.twitter.com/alRCdvYmwB
AQSHning Luiziana shtati, Nyu Orlean shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 318 turnirida sportchi faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazgan edi.
“Daryo” tarmoqdagi eng qiziqarli va kundalik mavzularni yoritishda davom etadi.
Izoh (0)