• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mamlakat tarixidagi eng mudhish kecha: 2016-yilning 15-iyulida Turkiyada nimalar bo‘lgan edi?

    2016-yilning 15-iyuli Turkiyadagi eng mudhish tun sifatida tarixga muhrlangan. Aynan ushbu sanada Anqara va Istanbul shaharlarida FETO terrorchilik tashkiloti tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida qonli to‘qnashuvlar yuz berdi.

    Foto:TRT

    To‘qqiz yil avval o‘sha mudhish kechada millionlab insonlar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, vatan himoyasi uchun ko‘chalarga chiqdi. Istanbuldagi Bosfor ko‘prigi ustida mamlakat askarlar harbiy formasini kiyib olgan terrorchilar tomonidan 34 nafar tinch aholi vakillarining otib o‘ldirilishi o‘sha xoinona hujumning eng og‘riqli daqiqalaridan biriga aylandi.
     

    Foto: TRT
    Foto: TRT

    O‘sha mudhish tunda nima bo‘lgan edi?

    Hammasi soat 20:00 dan keyin boshlangandi. Mamlakat poytaxti Anqaraning sayyohlar va mahalliy aholi eng gavjum bo‘lgan nuqtasi — Qiziloy maydonida odamlar o‘qqa tutildi. Parlament binosi bombalandi. Istanbuldagi Bo‘g‘oz ko‘prigi yopib qo‘yildi, mamlakatda harbiy kuchlar tomonidan “Sulh operatsiyasi” boshlangani e’lon qilindi.  

    Bu voqealar boshlangan vaqtda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Marmarisda dam olayotgan edi. U tunab qolgan mehmonxonaga ham hujum uyushtirildi. Tasodifki, Erdo‘g‘on hujum ro‘y bergan vaqtda mehmonxonani tark etgandi. 

    Bu orada mamlakatning rasmiy telekanallaridan biri TRT bosh ofisiga hujum qilindi. Jonli efirda davlat to‘ntarishi amalga oshirilgani, hokimiyat Turkiya qurolli kuchlari qo‘liga o‘tgani e’lon qilindi.

    TRT muxbiri Tijen Karash
    TRT muxbiri Tijen Karash
    Foto: YouTube


    Oradan ko‘p o‘tmay Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Skype orqali CNN TURK telekanalida chiqish qildi va turk xalqini birlashishga, mamlakat mustaqilligini saqlab qolishga, ko‘chalarga chiqib, demokratik hokimiyatni ag‘darmoqchi bo‘lgan xoinlarga qarshi turishga chaqirdi. Olomon ko‘chalarga yoyildi. Nafaqat erkaklar, ayollar, yosh qizlar, bolalar ham qo‘lida bayroq bilan ko‘chalarga chiqdi. O‘ziga qarata o‘qtalingan qurollar, tanklarni xoinlar qo‘lidan olishga urindi va buning uddasidan chiqdi.  

    Foto: YouTube

    Ushbu davlat to‘ntarishiga harakat  AQSHda istiqomat qilib kelgan Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhi va uning davlatdagi korchalonlari orqali amalga oshirilgani ma’lum qilindi. 

    Bo‘lib o‘tgan voqealar Turkiya hukumati uchun katta dars bo‘ldi. Mamlakat xorijdagi elchixonalari orqali Fathulloh Gulen harakati haqida bayonotlar berdi, qo‘shnilari, do‘stlarini, dunyoni ogohlikka chaqirdi, Gulenga tegishli xususiy maktablar, universitetlarni yopish yuzasidan taklif kiritdi va buni o‘zi boshlab berdi. Yuzlab maktablar yopildi, o‘qituvchilar lavozimlardan ozod etildi, ayrimlari jinoiy javobgarlikka tortildi. 

    15—16-iyul voqealari oqibatida 253 kishi vafot etgan. Ulardan 63 nafari politsiya xodimlari, olti nafari harbiylar, 184 nafari esa tinch aholi vakillari edi. Shahidlarning xotirasi 9 yildan buyon nafaqat mamlakatda, balki uning tashqarisida ham yod etib kelinmoqda. Mamlakatdagi ko‘cha va maktablar ularning ismlari bilan atalgan, xotirasiga bag‘ishlab muzeylar, yodgorliklar ochilgan.

    Anqaradagi 15-iyul demokratiya muzeyi
    Anqaradagi 15-iyul demokratiya muzeyi
    Foto: Turkiya kommunikatsiya boshqarmasi


    Davlat to‘ntarishiga urinish kechasida 286 nafar politsiyachi, 47 nafar harbiy va 2 407 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan.

    To‘qqiz yil ichida FETO bilan aloqadorlikda gumonlangan 390 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, ulardan 114 ming nafari sud qarori bilan qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Ushbu sana munosabati bilan Turkiya respublikasi kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan Anqara va Istanbul shaharlariga media tur tashkil etildi.

    Media turda jami 200 nafar jurnalistlar ishtirok etdi. Ulardan 120 nafari 41 ta xorijiy mamlakatdan kelgan OAV xodimlari bo‘lsa, 80 nafari turkiyalik mahalliy jurnalistlardir.

    OAV xodimlari Turkiya parlamenti binosida
    Foto: Turkiya kommunikatsiya boshqarmasi

    Media tur davomida jurnalistlarga 15-iyulga qadar va undan so‘ng Turkiyaning FETO bilan qanday kurashgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    15-iyul kuni mamlakat parlamenti binosida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Turkiya kommunikatsiya boshqarmasi


    Turkiya prezidenti o‘z nutqida mamlakat demokratiyasi va kelajagi  uchun kurashgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

    U mamlakatni zo‘ravonlik bilan egallashga urinilgan kechada minglab turkiyaliklar ko‘chalar, maydonlarga chiqqani hamda bu harakati bilan terrorchilarning qabih maqsadiga erishishiga to‘sqinlik qilganini xotirladi.

     “O‘sha tunda Istanbul, Bursa va boshqa Turkiya shaharlarida o‘qilgan namozlar, qilingan duolar Bokudan Qohiragacha, Islomoboddan Jakartagacha, Sarayevodan Mogadishugacha yetib bordi. Aynan ushbu mamlakatlar Turkiya demokratiyasining g‘alabasi quvonchini baham ko‘rdi”, dedi mamlakat rahbari o‘z nutqida.

    Foto: Turkiya kommunikatsiya boshqarmasi

     

    Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilning 15-iyul voqelari turk xalqining birdamligini yana bir bor namoyish etgan.

    Turkiya prezidenti Buyuk millat majlisi (parlament) deputatlariga xalq bilan birgalikda demokratiyani himoya qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

    “Shahidlarning jasorati, fuqarolarning kurashi besamar ketmadi. Terrorsiz Turkiya ushbu qahramonlarning harakatlari samarasidir. Terrorizm muammosiga barham berilganidan so‘ng Turkiya har tomonlama faol rivojlana boshladi”, deydi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. 

    Turkiya.2016-yilning 15-iyuli
    Turkiya.2016-yilning 15-iyuli
    Foto: Turkiya kommunikatsiya boshqarmasi
    21 iyul, 15:37   Izoh (0)   2440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Turkiya#Rajab Toyyib Erdo‘g‘on#demokratiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.