Latviya hukumati davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusga borishini cheklovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda NRA nashri xabar bermoqda.

“Latviya davlati va uning fuqarolari uchun xavf-xatar tug‘ilishi ehtimolini oshiradigan geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, qonun chiqaruvchi organ ayrim shaxslar guruhlarining Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasiga borishini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi hujjatga berilgan izohda.
Shu bilan birga, istisno tariqasida, ushbu mamlakatlarda xizmat vazifalarini bajarish zarurati tug‘ilganda, shuningdek, “insonparvarlik sabablari”ga ko‘ra borishga ruxsat berilishi ta’kidlangan. Hujjatga ko‘ra, bunday ruxsatnomani olish uchun tegishli ma’muriy hujjat talab etiladi.
Xabar qilinishicha, cheklovlar harbiy xizmatchilar, sudyalar, vazirlar, mahalliy deputatlar, diplomatlar va “muhim infratuzilma xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar”ga ham taalluqli bo‘ladi.
Qonun loyihasi 2025-yil 11-iyuldan kuchga kiradi.
Bundan oldin Latviya hukumati Rossiya va Belarusiya fuqarolariga mamlakatda ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqlagan edi. Qonun Rossiya yoki Belarusda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga, shuningdek, ular manfaatdor shaxs bo‘lgan ustav kapitalining kamida 25 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi fuqarolarga taalluqli. Bundan tashqari, yangi qoida Rossiya va Belarusiya yuridik tuzilmalariga ham tegishli.
Izoh (0)