Ispaniyalik futbolchi Niko Uilyams “Atletik” klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi va Bilbao klubi o‘rtasida tuzilgan yangi kelishuv 2035-yilgacha amal qiladi.
Avvalroq “Barselona” Niko Uilyamsning transferi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yetganini va yaqin kunlarda futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishini e’lon qilishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “Atletik” iqtidorli futbolchini jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Niko Uilyams barcha turnirlar doirasida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning avvalgi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qilishi belgilangan edi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Uilyamsning bozor qiymati 70 million yevroga teng.
Izoh (0)