O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining 33 foizi kamida bitta bank kreditiga ega.
-bXZKwWEQ.avif)
Markaziy bank ma’lumotlarida keltrilishicha, 2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5 million kishi kamida bitta bank kreditiga ega. Banklardan kredit olgan aholining taxminan 27 foizi, ya’ni 1,4 million kishida ikki yoki undan ortiq krediti bor.
Banklardan kredit olgan jismoniy shaxslarning:
- 11 foizida 3 ta va undan ortiq;
- 16 foizida 2 tadan;
- 73 foizida 1 ta kredit bor.
2020-yil boshida uchta yoki undan ko‘p kreditga ega bo‘lganlar ulushi 5 foizni tashkil etgan. O‘sha yilda ikki kreditga ega bo‘lganlar ulushi 13 foiz bo‘lgan. Bitta krediti borlar esa 82 foizni tashkil etgan.

Bu o‘zgarishlar aholining kreditdan ko‘proq foydalanayotganini va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda aholiga kredit ajratish bilan bog‘liq insofsiz amaliyotlar yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan tushuntirishlar bilan kredit berishni rad etish holatlari ham kuzatilmoqda. Markaziy bank bunday amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirib, barcha kredit tashkilotlariga xat yuborgandi. Davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida egalarining roziligisiz ularning bank kartalaridan yechib olinishini ham to‘xtatishga chaqirgandi.
Izoh (0)