Germaniyalik futbolchi Leroy Sane Turkiyaning “Galatasaroy” klubi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tomonlar 3 yillik shartnoma imzolagan.
Futbolchi yiliga soliqlardan tashqari 9 mln yevro maosh oladi. Shuningdek, bu maosh bonuslarga qarab yana 3 mln yevroga ko‘payishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Sane yakuniga yetgan mavsumda “Bavariya” tarkibida Bundesliganing 30 o‘yinida qatnashib, 11 gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.
Izoh (0)