Germaniyaning “Bavariya” jamoasi 18-iyul, seshanba kuni “Rottax-Egern”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuv myunxenliklarning 27:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda “Bavariya” 18 ta gol urdi: Matis Tel va Jamal Musialalar penta-trik qayd etgan bo‘lsa, Serj Gnabri uchta golga mualliflik qildi. Leroy Sane, Dayo Upamenkano, Nussair Mazraui, Konrad Laymer va Alfonso Devislar bittadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda esa Marsel Zabitser beshta gol urdi. Rafael Gerreyru, Rayan Gravenberx, Kingsli Koman va Sadio Mane ham maydonni golsiz tark etmadi.
Ma’lumot uchun, “Rottax-Egern” Germaniyaning to‘qqizinchi divizionida to‘p suruvchi jamoa hisoblanadi.
Izoh (0)