Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani haqida gapirdi.

Prezident viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolayotganini aytdi. O‘lim bilan tugayotgan holatlar ham ko‘pligini qayd etdi.
Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.
“Biz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida katta o‘zgarish qila oldik. Lekin hali yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar bor”, dedi davlat rahbari.
Prezident hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligini aytdi.
Izoh (0)