Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos “Barselona”ning to‘rt a’zosi — Pedri, Lamin Yamal, Rafinya va Robert Levandovskini solishtirdi.

Germaniyalik sobiq futbolchi Pedri qolgan jamoadoshlaridan kuchliroq ekanligini aytdi:
Men uchun Pedri — Lamin Yamal, Rafinya yoki Levandovskidan ko‘ra yaxshiroq futbolchi. Ular o‘yinning natijasini hal qilishi mumkin, ammo Pedri hozirgi kunda o‘z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshi futbolchi. U raqib harakatlarini avvaldan sezadigan o‘yinchi. Pedri nafaqat gol uradi yoki assist qayd etadi, balki maydonda jamoadoshlari erkin o‘ynashi uchun ham sharoit yaratib beradi, deya fikr bildirdi Toni Kroos Einfach mal Luppen podkastida.
Ma’lumot uchun, Toni Kroos 2014-yildan 2024-yilga qadar “Real” sharafini himoya qilgan. U La Liga doirasida 306 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 gol hamda 72 assist yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasi turnir jadvalidagi so‘nggi holatga ko‘ra, “Barselona” 34-tur yakunlariga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinni “Real egallab turibdi.
22 yoshli Pedri joriy mavsum barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylangan.
Izoh (0)