• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Men o‘liklardan qo‘rqaman”. Zo‘rlik bilan urushga olib ketilgan, Donetskdagi janglarda qatnashayotgan o‘zbekistonlik yigit bilan suhbat

    Kuni kecha Rossiya armiyasi safida turib, Ukrainaga qarshi jang qilayotganlar orasida 1,1 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi borligi eʼlon qilindi. Bu ro‘yxat to‘liq emas, unga kirmagan hamyurtlarimiz ham bor ekani achchiq haqiqat.

    Bizga aloqasi yo‘q urush domiga tortilganlarning sabablari turlicha. Pul, fuqarolik ilinji va hokazolar. Biroq aksariyat bu qarorga kuchli bosim ostida kelganini aytadi. “Daryo”ga murojaat qilgan yigit uni urush domiga qanday tortishgani, Vatanga qaytish urinishlari besamar ketgani va boshdan kechirayotgan dahshatlari haqida Ukrainadan turib hikoya qildi.

    “Men bu ro‘yxatda yo‘qman”, — dedi tahririyatga murojaat qilgan endigina 21 bahorni qarshilagan jizzaxlik yigit. U deyarli bir yildan beri frontda, o‘zi istamagan urushda har kuni o‘limga qarshi chiqadi. “Hozir mendan bor-yo‘g‘i 2 kilometr narida jang ketyapti” — u yuborgan ovozli va videoxabarnomalarda o‘qtin-o‘qtin portlash ovozlari eshitilib turibdi.

    Tahririyatda murojaatchining jangovar harakatlarda qatnashayotganini tasdiqlovchi foto va video dalillar, jumladan, hujjatlar ham mavjud. Uning o‘zi frontning aynan qaysi uchastkasida jang qilayotganidan bexabar. Biroq u yuborgan geolokatsiya asosida joylashuvni aniqladik — o‘zbekistonlik yigit Doneks hududida jang qilyapti. Xavfsizlik jihatidan ayrim tafsilotlarni ochiqlamaslikka, shuningdek uning ism-familiyasini o‘zgartirishga qaror qildik.

    Russian Military Objectives and Capacity in Ukraine Through 2024 | Royal  United Services Institute

    Hammasi qanday boshlandi?

    21 yoshli Jamshid Shukurov maktabdan so‘ng jurnalistika sohasida ketmoqchi bo‘ldi. Maʼlum vaqt ommaviy axborot vositalari uchun jamoatchilik muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ammo oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun davlat imtixonida yetarli ball to‘play olmagach, ishlash maqsadida Rossiyaga ketdi. Kunduzi qurilishda, kechasi esa xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat qila boshladi. Hammasi tinch, osoyishta ketayotgandi. Ammo o‘sha kunga qadar. Jamshid uni quyidagicha eslaydi:

    “Kechasi chiqindi tashlash uchun ko‘chaga chiqdim. Ishxonamizdan yuz metr uzoqda edi. Oldimga bir mashina to‘xtab, oddiy kiyimdagi uch kishi tushdi. Ulardan kimligini so‘radim. Biri o‘zini «uchastkavoy” deb tanishtirdi. Pasportimni so‘radi. Qo‘liga bermay ko‘rsatdim. Keyin patentni ham so‘radi. Menda u yo‘qligini bilgach, majburan mashinaga o‘tirgizishdi. Keyin shahar chetidagi garajga olib borib, tahdid qilishdi. Qurol bilan qo‘rqitib, kaltaklashdi. Ular menga rus armiyasi bilan shartnoma imzolashdan boshqa yo‘lim yo‘qligini, aks holda o‘ldirib yuborishlarini aytishdi. Noiloj majbur bo‘ldim”.

    Jamshidning hikoya qilishicha, yoshligi, rus tilini mukammal bilmasligi hamda hech qanday harbiy ko‘nikmalarga ega emasligiga qaramay, atigi ikki kun tayyorgarlikdan o‘tkazishgan. Mashg‘ulotlar yugurish, jismoniy holatni yaxshilash kabi oddiy topshiriqlardan iborat bo‘lgan. Bu ham yetmagandek, unga berilgan har ikki qurol ham nosoz ahvol. Jang qilishni istamagan, ketish harakatiga tushgan «yangilar«ga qanday munosabat ko‘rsatilishini o‘zi guvohi bo‘lgan holatlar misolida so‘zlab berdi.

    “Chegaradan o‘tganda hammamizdan telefonlarni tortib olishdi. Ikki kun 60 kg yuk bilan itdek yugurtirdi. Urushga borgisi kelmay qochganlarni o‘lgudek qilib kaltaklashdi. Oyoqda turolmaydigan darajada urishdi. Qo‘shimchasiga daraxtni quchoqlattirib, skochlab tashlashdi. Ertasi kuni shunday qilib 2-3 kishini o‘ldirib yuborishdi”.

    Jamshidning aytishicha, Rossiya armiyasida bunday amaliyot mavjud va keng tarqalgan. Shu bilan bilan bir qatorda, kuchli nazorat va shafqatsiz talablar, jumladan otib tashlash kabi norasmiy ko‘rsatmalar sabab frontdan qochish deyarli imkonsiz.

    Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan Jamshidga berilgan guvohnoma
    Foto: Daryo

    Shunday qilib, atigi ikki kun jismoniy tayyorgarlikdan o‘tgan Jamshid frontga yuborildi. U o‘ziga ajratilgan qurollardan qanday foydalanishni oldinroq kelgan askarlardan so‘rab o‘rganmoqchi bo‘ldi. Ammo qurollar jangga yaroqsiz edi. Va u shu holatda oldingi jabhaga tashlandi.

    “Go‘sht maydalagich”

    Jamshid jangovar topshiriqlarning dastlabkisiga hamrohlari bilan birga otlanganini aytdi. Ammo ularning harakatlarini kuzatib turgan Ukraina askarlari dron bilan zarba berdi. Maʼlum qilinishicha, Jamshidning ortda kelayotgan quroldoshi boshsiz qolgan, yana biri oyoqlaridan ayrilgan. Uning o‘zi esa granata portlashi sabab hosil bo‘lgan shrapnellardan jarohatlangan.

    Yigit, shunga qaramay, quroldoshini sudrab, pana joyga olib o‘tgan va Ukraina dronlari faolligi pasaygach, qo‘mondonlik buyrug‘i bilan yana hujumga tashlangan. Ammo bu safar unga omad kulib boqmadi. Yoki aksincha – omadi keldi.

    “Birinchi jarohatlangandan keyin osmon toza bo‘lishini (dronlar nazarda tutilgan-tah) yarim soat kutdik. Keyin oldimdagi bir odam bilan to‘g‘riga ketdim. Bilmadim nima, lekin kuchli portlash bo‘ldi. Kaskam uchib ketdi. Chap qo‘lim, chap oyog‘im jarohatlandi. Yuzimni chap tomoniga temir bo‘laklar kirdi. Yaralandim. Sherigim meni tashlab qochdi. Lekin uning yuzidan ham qon oqib yotgandi. Keyin uni ko‘rmadim. Tirikmi yo o‘lik, bilmayman”, dedi u.

    Jamshid shundan so‘ng jon talvasasida qishloq binolarining biriga qochib kirgan, biroq oradan ko‘p o‘tmay, hushdan ayrilgan. Tutun va alanga isi uni uyg‘otdi. O‘zi yashiringan bino yonayotganini bilib, u bilan birga kul bo‘lmaslik uchun qochib chiqdi. Shundan so‘ng boshqa pana joy topib, ratsiyani sozladi. Shtab bilan bog‘langach, evakuatsiya guruhi yuborishni so‘radi. Biroq ulardan juda mujmal javob oldi.

    “Ularning gap-so‘zlaridan meni olib ketishni istashmayotgani sezilib turardi. Baribir o‘lib ketasan degandek tuyuldi”, deya o‘sha voqealarni eslaydi Jamshid.

    Yaralangan, badani shrapnellar jarohatiga to‘lgan Jamshid shu alfozda evakuatsiya guruhini kuta boshladi. Bu orada u joylashgan binoga bir necha shturm otryadlari yo‘l-yo‘lakay kelib ketdi. Ammo ularning hech biri bir necha kundan beri suvsiz va taomsiz yotgan yaradorni qutqargisi kelmasdi. O‘zi haqida xabar berganidan besh kun o‘tib, uni jang maydonidan olib chiqishdi.

    Jarohatdan so‘ng Jamshidning yuzida yirik shish va shrapnel izlari qoldi
    Jarohatdan so‘ng Jamshidning yuzida yirik shish va shrapnel izlari qoldi
    Foto: Daryo

    “O‘liklardan qo‘rqaman”

    Bir ko‘zi ko‘rmay, eshitish qobiliyati sustlashib qolganiga qaramay, shifokorlar unga jarohati og‘ir emasligi, yana frontga qaytarilishini aytishdi. Shuningdek ulardan biri Jamshiddan jasadlarni tashishda yordamlashishni so‘radi, ammo u rad etgan. “O‘liklardan qo‘rqaman”, — deydi u. Mast shifokor esa unga qo‘l ko‘tarib, o‘z so‘zini o‘tkazgan. Biroq ikki kundan so‘ng yigitning ahvoli yomonlashdi. Shunday qilib, uni gospitalga yuborishdi.

    Gospitalda o‘tgan ikki oy davomida Jamshid qo‘l telefonidan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan. Fursat topishi bilanoq yaqinlariga bog‘lanib, o‘zi tushib qolgan vaziyat haqida xabar berdi. Ammo uni urush o‘chog‘idan yulib olishga bo‘lgan harakatlar natija bermadi.

    Aytishicha, Jamshidning onasi Toshkentda, otasi esa Orenburg shahrida turib, davlat idoralari, jumladan diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilgan. Qarindoshlari esa Moskvadagi elchixonamiz eshiklarini qoqqan. Biroq Jamshidga ko‘ra, barcha urinishlar besamar ketgan. Shunday qilib, uni yana frontga qaytarishgan.

    Ukraine warned of 'high probability' of Russian military escalation this  winter

    Biroq bu safar endigina gospitaldan qaytgan askar birdaniga jangga tashlanmadi. U avvaliga front ortida bo‘lib, xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullandi. Ammo Jamshid bu uzoq davom etmaganini aytadi. Vaqti kelib, uni navbatdagi hujum amaliyotiga tashlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu safargi topshiriqqa ular 6 kishi bo‘lib otlangan. Biroq guruhdan faqat u ortga qaytish baxtiga muyassar bo‘lgan. Lekin jarohatlar bilan. 

    “Bizga dronlar bilan hujum qilishdi. Oyog‘imdan yaralandim. Usiz ham eski jarohat payti temir qo‘yilgandi. Ishib ketdi. Keyin ortga amallab qaytdim. Faqat ruxsat berishganidan keyin. Agar ruxsatsiz qaytsak, otib tashlashlari mumkin. Men bir o‘zim qaytdim. Ammo jarohatim yengil deb, yana jangga yubormoqchi bo‘lishdi. Lekin meni oyog‘im ishib ketdi. Oyoq kiyim kiyolmay qoldim. Lekin shunda ham 20 kun ushlab o‘tirishdi”, deya o‘tgan voqealarni xotirlaydi u.  

     Jamshidning aytishicha, bu orada u mansub bo‘linma komandiri mazkur pozitsiyaga kelgan. Yigit safdoshlaridan faqat u tirik qolganini aytib, olib ketishni so‘ragan. Komandir esa rozi bo‘lib, mototsikl va quvvatlagich topib kelish uchun ketgan. Ammo ortga jasadi qaytgan. 

    Biroq alal-oqibat, qo‘mondonlik davolanish uchun gospitalga yo‘llanma berdi. Bu Jamshid urush dahshatlaridan butunlay qutilishi mumkinligiga kichik bo‘lsa ham umid uyg‘otardi. Boisi shifokorlarning uning salomatligini inobatga olib, hordiq uchun bir oy ta'til berish bo‘yicha taklif kiritdi. Ammo armiyaning xavfsizlikka mas’ul rasmiylari u qochib ketadi deb hisoblab, rad javobini berdi. Shundan so‘ng Jamshid yana janglarga qaytdi. 

    Cheksiz qonunsizlik

    Rossiya armiyasidagi muhit, qo‘mondonlarning askarlar hayotiga befarqligi, ta'minotning qoniqarli ahvolda emasligi haqida had-hisobsiz xabarlar va tahlillarni topish mumkin. Jamshid mana shu muammolarni ichkaridan ko‘rishga, og‘rig‘ini o‘z tanasida his qilishga majbur bo‘ldi. 

    Stalled, bloody offensive in Ukraine is becoming a 'dreadful mess' for  Putin | The Times of Israel

    U yangi kelganlar tuzukroq tayyorgarlikdan o‘tkazilmay jangga tashlanishi, qurol-yarog‘ ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘pligi, ortga chekinganlar otib tashlanishi haqida o‘zi guvoh bo‘lgan dahshatlarni so‘zlab berdi. Afsuski Ukrainada vaqti Rossiya armiyasiga yollangan ko‘plab o‘zbekistonliklarni uchratdi. 

    “Taxminan o‘ntacha o‘zbeklarni uchratdim. Ularni bir marta ko‘rdim, qaytib uchrashmadik”, dedi Jamshid. 

    Jamshid Rossiya armiyasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Yozning oxirlariga borib, yuridik jihatdan u o‘z kuchini yo‘qotadi. Yigit bu yo‘lga yo‘lga na pul, na rus fuqaroligi uchun kirmagani, uni majburlashganini ta‘kidlaydi. Shu bois u fuqarolik olmoqchi emas. O‘zbekistonga qaytishni, hayotini izga solishni istaydi. 

    Biroq Rossiya armiyasi shartnomadagi harbiylar bilan osonlikda xayrlashmaydi. Jamshidning aytishicha, ularni frontda ushlab qolishadi. Shu bois ham yigit “go‘sht maydalagich” domidan tezroq qutilishni istaydi. Chunki uni mavhum kelajak kutmoqda. Har bir kun esa oxirgisi bo‘lishi mumkin.

    “Daryo” bilan suhbatda ma’lum qilishicha, u va oila a’zolarining shu kunga qadar bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha tashkilotlarga murojaat qilingan. Ammo natija yo‘q. Jamshid esa hayotining gullagan davrlarini urushda, bo‘lib ham unga aloqasi bo‘lmagan mojaroda o‘tkazmoqda. 

    Bir vaqtlari gullab-yashnagan Kreminna o‘rmoni hozir qonli janglar markaziga aylangan.
    Foto: Tarmoqdan

    U bu dahshatlardan imkon qadar tezroq qutilishni, o‘zi boshdan kechirgan qismat qolganlar uchun saboq bo‘lishini istaydi. Ortiq hech bir o‘zbekistonlik turli va‘dalar, aldovlar, makr-hiylalar va bosimlarga uchib, urush domiga tortilmasligini xohlaydi.

    2 may, 20:05   Izoh (0)   16594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Ukraina#urush

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.