• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    Blogerlik sabab universitetdan haydalgan, ozish uchun oshqozonini kestirgan va san’atni tark etgan “Afandining qizi” Muborak Abdullayeva 27 yoshda

    Asli surxondaryolik bo‘lgan, “Afandining qizlari” loyihasi bilan mashhurlikka erishgan aktrisa Muborak Abdullayeva 26-mart kuni 27 yoshni qarshi oldi. “Dugonalar shou” ko‘rsatuvida o‘z faoliyatini boshlab, so‘ng blogerlik bilan shug‘ullangan, hozirda tasvirga olish ishlaridan anchayin uzoqlashgan Muborak hayotida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.

    “Erkin Komilovning qo‘lida tahsil olganman”

    Muborak bolaligida o‘zbek san’atida alohida hurmatga sazovor inson Erkin Komilovdan sohaning sir-asrorlarini o‘rgangan.

    Foto: Instagram

    — Maktabdagi hech bir tadbir mensiz o‘tmagan. Doim rol ijro etardim. 5-sinfda o‘qiyotgan kezlarim onam “O‘zbekfilm”ga olib borganlar. Avval o‘zim borganman, keyin meni olib borishlarini xohlab, borgim kelyapti, rol ijro etgim kelyapti, deb majburlaganman. Mayli, o‘qib ko‘rsin-chi, keyin qiziqishi qolib ketar, deb rozi bo‘lishgan. U yerda O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning qo‘lida sahna nutqi, aktyorlik mahoratidan dars olganman. Gapirsalar jim bo‘lib tinglardim, u yerda qandaydir kuch meni o‘rab olardi, deydi aktrisa.

    “Blogerlik sabab universitetdan haydalganman”

    Muborak talabalik yillarida reklama va vayn syomkalari sababli oliygohni tark etgan.

    Foto: Instagram

    — Meni Instagram’da ko‘radiganlar yoshimni katta deb o‘ylaydi. Hech qachon yoshimni berkitmaganman. Toshkent madaniyat kollejining Drama teatri aktyorligi yo‘nalishida o‘qiganman. Oliygohda ham aktyorlik fakultetiga hujjat topshirib, kira olmaganman. Ijodiy imtihondan yuqori ball olgan bo‘lsam ham, testim past chiqqan. Kelasi yili bu yo‘nalishga emas, San’at nazariyasi va tarixi yo‘nalishiga kirdim. Sababi dugonalarim shu sohada o‘qirdi. Raqs, balet, teatr, kino, tasviriy san’at — umuman san’atning istalgan turi haqida o‘qitiladi. Lekin biroz afsuslanganman, chunki faqat nazariy bilimlar olamiz. Men esa sahnada maxsus kiyimlarda rol ijro etayotganimda maza qilardim. O‘sha paytda blogerlik rivojlanib ketdi va uchinchi kursda men o‘qishdan haydaldim. Syomkalar, reklamalar ko‘p bo‘lardi, eng avjiga chiqqan paytida o‘qishga vaqt ajratolmay qolganman, deydi Muborak Abdullayeva.

    “ ‘Afandining qizlari’ bilan oramizda tushunmovchiliklar bo‘ldi”

    Nigora Abdullaxonova, Nigina Jabborova va Muborak Abdullayeva uchun “Afandining qizlari” qisqa muddat ichida kutilmagan mashhurlik olib keldi. Ammo guruh ijodi gullab-yashnayotgan vaqtda qizlar ayrildi.

    Foto: Instagram

    — “Afandining qizlari” bo‘lib chiqqanimizda bizni bachkana deganlar ham, yoqdi, davom eting, deganlar ham bo‘ldi. Oladigan videolarimiz hayotiy, odamlarning ichidagi mavzular. Masalan, qaynona-kelin, puli yo‘q sevishganlar. Lekin hammasining o‘z vaqt-soati bo‘larkan. Oramizda biroz kelishmovchiliklar o‘tgandir, lekin pul bilan bog‘liq emas. Bilasiz, qizlarning xarakteri ham turlicha bo‘ladi. Avvaliga Nigina chiqib ketdi, teatrdagi faoliyatimni davom ettiraman dedi. Men Nigora opa bilan videolar olishda davom etdim, lekin baribir bir qo‘limiz yo‘qdek edi. Aytganimdek, barchasining belgilangan vaqti bor. Nigora opa bilan ham, Nigina bilan ham munosabatlarim yaxshi, gaplashib turamiz, deydi u.

    “Kelin ko‘ylak sig‘maganida ozishim kerakligini tushunganman”

    Muborak Abdullayeva oshqozon kichraytirish operatsiyasini boshdan kechirib, hozirgi ko‘rinishiga kelgan va bundan juda mamnun. Operatsiya o‘tkazishga unga nima turtki bo‘ldi?

    Foto: Instagram

    — Men oldin 140 kilogramm edim. Oshqozon operatsiyasini qildirib, vazn tashlaganimdan so‘ng o‘zimda ayollik jozibasi kuchayganini his qildim. Avval erkakshoda bo‘lganman, o‘g‘il bo‘la do‘stlarim ko‘p edi. Ozishim sizlarga xalaqit bermasin, o‘zim xohlasam ozib olaman, derdim. O‘zimni doim borimcha qabul qilib, borimcha sevganman. Menga hech kim hech qachon semizsan, xunuksan, ozishing kerak, demagan. Aksincha, sen ozma, shundoq shirinsan, senga ozish yarashmaydi deyishardi. O‘zim ham meni borimcha sevadigan inson keladi, deb o‘ylardim. Lekin hozir semiz ayolni hech kim yaxshi ko‘rmaydi, buni qabul qila olish kerak. Erkaklar doim chiroyli ayollarga qaragan — bu ularning fitratida bor.

    140 kilogramm ekanligimda operatsiya qildirdim, ikki yil davomida 60 kilogrammga ozdim. Ya’ni tanamdan bitta Muborak chiqib ketdi. Shu sababli menga avval Muborak unday edi, hozirgi bunday bo‘lib qolgan, degan gaplarni aytmasliklarini xohlayman. Hozir boshqa Muborakman.

    Foto: Instagram

    Men hech qachon kelin ko‘ylak kiyib rol o‘ynamayman, derdim yoki atayin juda yuqori gonorar qo‘yardim. Bir klip syomkasida kelin ko‘ylak kiyishim uchun aytgan narximni berishdi. Ammo menga kelin ko‘ylak sig‘madi. Oynaga qarab turgandim, ichimdagi Muborak yig‘ladi. Ertaga turmushga chiqsam, shunaqa xunuk kelin bo‘lamanmi, degan fikr menda juda qattiq stressga sabab bo‘ldi. Juda ko‘p sababsiz yig‘layverdim. To‘g‘ri, yuzim chiroyli bo‘lishi, hamma meni yaxshi qabul qilishi mumkin. Lekin tashqi ko‘rinishimdan o‘zim qoniqmadim. 140 kilogrammga qarab ketayotganimni hattoki bilmaganman ham. Chiroyliman, deb o‘zimni balki aldab yurgandirman.

    Turkiyada operatsiya qildirishni rejalashtirib yurgan vaqtim men bormoqchi bo‘lgan shifokor Toshkentga kelib qoldi. Doktorga ham “Meni hech nima qiynamayapti, ozsam xunuk qiz bo‘lib ketmaymanmi, o‘rtacha ozsam yetadi” deganman. Shu bilan bir haftada dugonam bilan Istanbulga bordim. Operatsiyaga kirib ketayotganimda Instagram’da yig‘lab stories qo‘yganman. Sababi rahmatli bloger Farhod Mannopov noto‘g‘ri narkoz sabab olamdan o‘tgandi. Men ham juda qo‘rqqanman. Operatsiyaga yig‘lab kirib, yulduz bo‘lib chiqqanman. O‘zbekistonda televizorda men haqimda ko‘rsatishgan. Dadam hatto operatsiyaga kirganimni “Muborak Abdullayeva Istanbulda oshqozon operatsiyasini o‘tkazdi” degan xabar chiqqanda bilgan. Shundan keyin menga Instagram’da juda ko‘p ayol-qizlar qo‘shilib, ularda ham shu muammo borligini yozgan. Men operatsiyadan keyingi jarayonlarni, nima yeb-ichsam, borini qo‘ydim. Hozirgi kungacha 60 kilogramm ozdim, yana 20 kilogramm ozishni maqsad qilganman, deya o‘z hikoyasi bilan bo‘lishdi u.

    Foto: Instagram

    “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan do‘st bo‘lishni xohlayman”

    Aktrisa qiyinchilik bilan erishilgan baxt uzoq yashaydi, degan fikrda. U otasi kabi insonga turmushga chiqmoqchi.

    Foto: Instagram

    — Dugonalarim bilan hozir sayohat emas, taqdir haqida o‘ylaymiz (kulib). Keyin yana mayli, bir gap bo‘lar, deb kulib ketaveramiz. Shu yigitga turmushga chiqasan deyishsa, indamay ko‘nib ketadigan 18 yoshli qiz emasmiz. Turmush quradigan inson bilan dunyoqarashimiz bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Shu sabab tanlov jarayoni qiyinlashib qoladi. Instagram’da ba’zi qizlarni ko‘rib, rostdan jahlim chiqadi. Mahrga “Gelik” so‘raydi, yigit kuniga 10 ming dollar sarflasin, o‘z biznesi bo‘lsin, deydi. Balki ular ham sal o‘tib to‘g‘ri fikrlaydigan bo‘lar. Men bolalikda ota-onami ko‘rib turmush o‘rtog‘im yaxshi inson bo‘lsin, uy-joy, mashina, boylikka asta-sekin erishish mumkin, deb niyat qilganman. Qiyinchilikni yengib o‘tgan insonlar bir-birini ko‘proq qadrlaydi.

    Turmush o‘rtog‘im bilan do‘st bo‘laylik, yaxshi-yomon taraflarimizni bilaylik, to‘ydan keyin o‘zimizdan kimnidir “yasab” olmaylik, ungacha hammasidan boxabar bo‘laylik, deb yoshligimdan niyat qilardim. Shunda ishonch, hurmat bo‘ladi, sevgi bo‘ladi, deb o‘ylaganman va hozirgacha shu fikrdaman. Ota-onam ham sinfdosh bo‘lishgan, lekin ular bir-biriga “Dunyoda oxirgi inson sen bo‘lib qolsang ham, sen bilan turmush qurmayman” deyishgan. Yoshlikdagi bolalarcha urishish-da. Otam kabi inson bo‘lsa, turmushga chiqardim, deya niyat qiladi Muborak.

    “Ro‘mol o‘ragach, qalbim taskin topdi”

    Muborak hijobga kirgach, syomkalardan uzoqlashgani va ijodni sog‘inmayotgani haqida ham so‘zladi.

    Foto: Instagram

    — Bir yildan buyon kameradan uzoqlashganman, uyatchan bo‘lib qolganman. Instagram’da ham avvalgichalik faol emasman. Ijodni sog‘inmadim, tasvirga olish jarayonlari, kameralardan qochib yuraman. Kino, klip premyeralariga borsam ham, intervyu olamiz deyishadi, men esa intervyu berishni ham xohlamayman. Rol o‘ynash ham qo‘limdan kelmay qoldi. 2024-yilning 6-martida hijobga kirganman. O‘sha vaqtdan boshlab san’at sohasida ishlamayman, deb qaror qilganman. Shundan buyon bunga xohish-istagim yo‘q. Bu qarorimdan keyin qalbim taskin topdi. Yosh ulg‘aygani sari insonning fikrlashi o‘zgarib borarkan, deydi u.

    “Syomkalarga bormasam ham, daromadim bor”

    Avvallari asosiy daromadi reklamalar va telekanallardan bo‘lgan Muborakning bugungi kunda o‘z bizneslari bor.

    Foto: Instagram

    — Instagram oxirgi 3-4 yilda juda rivojlandi. Oldin klip, seriallarda chiqqanman, lekin “Afandining qizlari” loyihasi juda katta mashhurlik ham, daromad ham bergan. Instagram orqali televideniyeda ishlaganman. Uy, mashina, sayohatlarga ham u orqali erishganman. Hozir ham daromadim Instagram’dan. Har kuni reklama olmasam ham, lekin yetarli. Do‘stlarim bilan umraga yuboradigan tur firma ham ochganmiz. Bu sheriklik asosidagi kichik biznes. Instagram olamiga kirib kelishimdan oldin ham katta o‘lchamda kiyinadigan ayollar uchun kiyim-kechak do‘koni ochgandim. Hozir arab tilidan dars olyapman, tilning grammatikasini mukammal o‘rganishga kirishdim. Vaqtim zoe ketmayapti, deydi Muborak Abdullayeva.

    26 mart, 21:55   Izoh (0)   33625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Muborak Abdullayeva#“Afandining qizlari”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Akkaunti buzilgan Parizoda, tug’ilgan kunida onasini yig’latgan Aziza Yoqubova, muxlislariga minnatdorlik bildirgan Hamdam Sobirov

    24.07.2022, 22:44

    Parizoda, Jahongir Otajonov, Kaniza hamda o‘g‘irlik qurboni bo‘lgan boshqa o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    23.08.2022, 14:51

    Instagram: Otasiga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan Dostonbek Ergashev, Nilufar Usmonovaga Dubaydan sovg‘a keldi, shifokor qabulidagi Rayhon

    26.10.2022, 22:38

    Instagram: Jasur Umirov uylanmoqda, Jumadulla Rametovning tug‘ilgan kuni nishonlandi, “Afandining qizlari” tugatildi

    24.11.2022, 22:56

    Instagram: Murod Rajabovni yo‘qlagan Alisher Uzoqov, otasiga yangi uy sovg‘a qilgan Hamdam Sobirov, “Setora” xonandasi Komila Xo‘jayeva oilasidagi musibat

    09.01.2023, 22:46

    Instagram: Xotirasi to‘liq tiklanmayotgan Zohid Risqiyev, Parizodaga qo‘yilgan qo‘rqinchli tashxis, yangi uy xarid qilgan Xoliqjon vayner

    17.01.2023, 22:48

    Instagram: Yulduz Turdiyeva betob, Matyoqub Matchonov Hindistonda, Rayhon Ulasenova Istanbulda

    23.01.2023, 22:52

    Instagram: Shohruxxon Asalni “yeb qo‘ymoqchi”, to‘yda bepul xizmat qilgan Nilufar Usmonova, yangi mashinali bo‘lgan aktrisa

    07.02.2023, 23:02

    Instagram: Nyu-York “hokimi”dan maqtov eshitgan Munisa Rizayeva, hijobga kirgan aktrisalar, ingliz tilini “yorvoradigan” Muhammadiso Abdulxairov

    26.02.2023, 22:44

    Instagram: Umidaxonnikida uy to‘yi, litsenziyasi o‘zida qolgan Kaniza, Ganya Usmonovaning hashamatli hovlisiga sayohat 

    01.03.2023, 22:55

    “Onani qanday qadrlash kerakligini hammaga o‘rgatib ketdi”. Instagram’da Farhod Mannopov xotirlanmoqda

    05.03.2023, 22:52

    Instagram: Shahzoda Muhammedova Umrada, Muborak Abdullayevaga atalgan syurpriz, ashaddiy muxlisiga 1 mln so‘m va’da qilgan Munisa Rizayeva 

    26.03.2023, 22:35

    Instagram: Feruza Normatova Umraga ketdi, Muborak Abdullayeva Istanbulda operatsiya qilindi, Munisa Rizayeva turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savolga j...

    12.05.2023, 09:20

    O‘zbek shou-biznesidagi hamkorligi uzoqqa cho‘zilmagan ijodiy tandemlar (foto, video)

    22.05.2023, 18:30

    “Stories 5, lenta — 20 mln so‘m”. Muborak Abdullayeva Instagram’dan qancha pul topishi va qanday insonga turmushga chiqishi haqida

    10.11.2023, 12:39

    Instagram: Botir Imomxo‘jayev o‘g‘lining dabdabali to‘yi, Jaloliddin Ahmadaliyev biznesga qo‘l urdi, Dilfuza Ismoilovaga mashina sovg‘a qilishdi

    19.02.2024, 09:40

    Instagram: Burak O‘zchivit bilan ishlayotgan Yulduz Rajabova, nabirali bo‘lgan Guli Asalxo‘jayeva, Anvar Sobirov oilasida judolik

    29.02.2024, 09:40

    Instagram: Ro‘mol o‘ragan Diana Yagofarova, onasiga mashina sovg‘a qilgan Madina Karimova, YPX xodimlari bilan “janjallashgan” Shahlo Zoirova 

    09.03.2024, 09:44

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Barchin G‘ofurova, farzandli bo‘lgan Diyor Bekjonov, Karima Rizayeva bir oyda qancha topadi?

    12.03.2024, 09:40

    Instagram: yangi avtomobilli bo‘lgan Oyxon Iforzoda, oyog‘i singan Valijon Shamsiyev, oshqozonini kestirayotganlarga murojaat yo‘llagan Nilufar Hamidova

    25.03.2024, 10:16

    Instagram: Biznes boshlayotgan Zarina Nizomiddinova, Shahzod Sultonov onasiga uy sovg‘a qildi, Asal Shodiyeva o‘g‘lining yuzini ko‘rsatdi

    27.03.2024, 21:27

    Instagram: vazirlikdan ketishini kutib yashayotgan Ozodbek Nazarbekov, 150 mln so‘mga ko‘ylak olgan Yulduz Usmonova, Munisa Rizayevaga eng ko‘p beriladigan savol

    05.04.2024, 10:35

    Instagram: Ozoda Nursaidova Jahongir Otajonovni sudga bermoqchi, metroda qo‘shiq kuylagan Jasur Umirov va Nilufar Usmonovaga uyushtirilgan syurpriz  

    07.04.2024, 09:35

    Instagram: Elyor Meliboyev otasiga uy sovg‘a qildi, Rashid Xoliqov rafiqasining dabdabali tug‘ilgan kuni, Munisa Rizayeva nimadan qo‘rqadi?

    14.04.2024, 09:47

    Instagram: Nevarali bo‘lgan Hosila Rahimova, to‘ylarini Samarqandda o‘tkazgan Madina Karimova va Sardor To‘rayev, farzandini xorijda dunyoga keltiradigan Munisa Ri...

    31.05.2024, 22:33

    Instagram: Feruza Yusupova blogerga turmushga chiqmoqda, Alisher Ro‘zmetov o‘g‘lini uylantirdi, Elmurod Haqnazarov yordamchisiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    06.06.2024, 10:48

    Instagram: 20 kun konsert beradigan Yulduz Usmonova, bo‘sh samolyotda parvoz qilgan Maryam Tillayeva, homiladorlik Munisa Rizayevani qanchalik o‘zgartirdi?

    04.07.2024, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    Instagram: Sitora Farmonovaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Yusupova turmushga chiqdi, Baby Mohi yangi mashinali bo‘ldi  

    12.11.2024, 11:46

    Instagram: Egizak farzandli bo‘lgan Nigina Nabiyeva, tug‘ilgan kunini nishonlagan Valijon Shamsiyev, shifoxonaga tushib qolgan Sayyora Qoziyeva

    17 yanvar, 10:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55

    Tramp AQSHning Eronga bergan zarbalarini Xirosima va Nagasaki bilan taqqosladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:45

    Isroildagi universitetning oltita laboratoriyasi Eron hujumlari oqibatida vayron qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 20:35

    Otasi tomondan O‘zbekistonga olib kelinib, onasi bilan muloqot qildirilmagan 3 yoshli qiz Rossiyaga qaytarildi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:25

    Tramp Ukrainada nazorat yo‘qolganini ta’kidladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.