• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    O‘zbek shou-biznesidagi hamkorligi uzoqqa cho‘zilmagan ijodiy tandemlar (foto, video)

    Ijodda to‘g‘ri tandemni tanlash muhim ahamiyatga ega. Chunki ijodiy loyihalarning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Afsuski, eng yaxshi tandemlar orasida hamkorligi uzoqqa cho‘zilmagan ijodkorlar juda ko‘p. Keling, ularning qisqa, ammo samarali hamkorligi haqida suhbatlashamiz.

    “Afandining qizlari” birin-ketin tarqaldi

    Uch qizdan iborat jamoa 2020-yili karantin davri kuchaygan paytda Nigora Abdullaxonova, Nigina Jabborova va Muborak Abdullayeva ishtirokida tashkil topgandi.

    Foto: Instagram

    Nigora Abdullaxonova seriallarda rollar ijro etar va qator ko‘rsatuvlarga boshlovchilik qilgan. Nigina Jabborova esa o‘sha paytlarda “Qadam” serialidagi ishtiroki bilan tomoshabinlarning yodida qolgandi. Guruhdagi eng tajribasiz aktrisa esa Muborak Abdullayeva bo‘lgan. Ammo u sheriklarini Instagram uchun milliy kontent qilishga ko‘ndirgan. Ilk rolik shunchaki hazil uchun suratga olingan. 

    Guruhni avvaliga 2022-yilning iyul oyida Nigina Jabborova tark etgandi. Muborak Abdullayeva “Daryo” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Nigina Jabborova Moskvadagi teatrga ishga kirgani sababli jamoani tark etganini ma’lum qilgandi. Oradan to‘rt oy o‘tib esa Muborak Abdullayeva “Afandining qizlari” jamoasi tugatilgani va barcha qizlar alohida ijod qilishini ma’lum qildi. Ammo Nigora Abdullaxonova nega jamoani tark etganiga oydinlik kiritmadi.

    Farhod va Shirin — 11 yillik duetdoshlar tarqaldi

    Farhod va Shirin dueti 2011-yilning 11-noyabr sanasida tashkil topgan. O‘sha paytda ijodkorlarning ikkisi ham O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari edi. 

    Foto: Instagram / @shirin.zaitova

    2012-yil ijodkorlar uchun omadli keldi. Qisqa vaqt mobaynida samarali ijod qilib, 2015-yili yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etishdi. Farhod va Shirin faoliyatida shoir Bobur Bobomurodning katta hissasi bor. U nafaqat xonandalarni yaxshi she’r bilan ta’minlagan, balki tashkiliy ishlarida ham ko‘maklashgan. Afsuski, 2022-yili prodyuser va xonandalar o‘rtasida nizo yuzaga keldi va shoir she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlarini kuylashni taqiqladi. Prodyuser bilan hamkorlik uzilgach, oradan hech qancha vaqt o‘tmay Shirin Zoitova Farhod bilan ortiq hamkorlik qilmasligini ma’lum qildi. 

    — Farhod anchadan buyon yakkaxon xonanda sifatida ijod qilishni xohlardi. Ikki oy oldin administratorimiz, men va Farhod o‘tirib, guruhning kelajagi haqida gaplashdik. Shundan keyin u Farhod va Shirin dueti uchun ijod qilmasligini, o‘zi alohida xonanda sifatida kuylashini ma’lum qildi. Biz taklifni qabul qildik, chunki bu uning xohishi. Hech qachon hech kimni hech narsaga majburlab bo‘lmaydi.

    Shu bilan ijodni to‘xtatdik. Bir yildan buyon yaxshi ijod qilmayotgan edik. Men juda yaxshi narsalarni qilishni, ko‘p narsalar qilishni xohladim, lekin harakatlarim uncha o‘xshamagandan keyin foydasi yo‘qligini tushundim va o‘zimni o‘zim tayyorlashga harakat qildim. Osonmas, 11 yillik duet, Farhod egizagimdek bo‘lib qolgandi. Qachondir baribir shu narsa bo‘lardi, — deydi Shirin Zoitova.

    Asal Zokirova san’atdan ketib, oilani tanladi

    Via Marokand guruhi rejissor va aktyor Javlon Shodmonov tomonidan 2015-yili tashkil etilgan. 

    Foto: Instagram

    Javlon Shodmonov qaynukasi Abdurashidning qo‘shiq aytishiga qiziqqani sabab unga duet tarzida ijod qilishni taklif qiladi. Kasting o‘tkazib, Asal Zokirovani tanlashadi. Ularning qo‘shiqlari qancha ko‘p tanqidlarga sabab bo‘lmasin, hazilomuz qo‘shiqlarga ishlangan kliplar YouTube tarmog‘ida millionlab marta tomosha qilingan. Afsuski, 8 yillik hamkorlikdan so‘ng Asal Zokirova san’atdan ketishga qaror qildi. Uning qarori muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

    — Guruhga 8 yil mehnatim ketdi. Asal guruhdan urishib ketgani yo‘q, u shaxsiy hayotini qurish maqsadida guruhni tark etdi. Men undan umuman xafa emasman, har bir inson baxtli bo‘lishga haqli. U san’atni tark etdi, karyerasini to‘xtatdi. Bitta narsaga qoyil qoldim, u Instagram’dagi 1 million 400 ming obunachisi bor sahifasini ham Rashidga qoldirib ketdi. Ular juda ko‘p pul topishadi, bulardan kechib ketish esa mardlik. Biz bu loyihani to‘xtatmoqchi emasmiz. Asal ketishini aytganidan keyin hech qayerga kasting bermadik. Guruhimiz bilan bu ishni davom ettirish niyatiga keldik.

    Bu holat o‘tgan yili ham bo‘lgan, biroq Rashid ko‘ndirganidan keyin Asal qolgan. Guruh ochilganiga 8 yil bo‘lgan bo‘lsa, Asal bilan birinchi 3 yil uchun kontrakt tuzganmiz. Uch yil tugagandan keyin 5 yilga tuzganmiz, bu kontrakt ham tugagandi, biz yana davom ettirayotgandik”, — deydi Javlon Shodmonov.

    Ozod Shukrullayev Maftunadan oson voz kechdi

    Ijtimoiy tarmoqlardagi vaynlari bilan tanilgan Ozod va Maftuna juftligi 2020-yili tashkil etilgan. 

    Foto: “Daryo”

    Ularning tanishuviga Indira Miftaxova sababchi bo‘lgan. Maftuna Shokirovaning ta’kidlashicha, u Indira bilan birga “Qora atirgul” serialida birga suratga tushgan. Suratga olish jarayonida Maftuna Shokirovaning bir nechta shevalarda erkin so‘zlashishini bilgan Indira Ozod Shukrullayevga u bilan hamkorlik qilishni taklif etadi. 

    Foto: “Daryo”

    2023-yilning aprel oyida ijodiy hamkorlarning ayro ijod qilishi ma’lum bo‘ldi. Bunga Ozod Shukrullayev oydinlik kiritmadi. Faqatgina Maftuna Shokirova hamkorining boshqa aktrisa bilan vaynlar suratga olayotganini bilib shok holatiga tushganini ma’lum qildi. 



    Shahzod Sultonov yana Zarina Yo‘ldoshevani tanladi

    Aktyor Shahzod Sultonov ikki yilga yaqin vaqt mobaynida aktrisa Feruza Normatova bilan hamkorlikda vaynlar suratga oldi.

    Foto: Instagram

    Muxlislar ularni bir-biriga mos juftlik ekanligini ko‘p bora e’tirof etishgandi. Shahzod Sultonov bu aktrisadan avval Zarina Yo‘ldosheva bilan hamkorlik qilgandi. O‘rtadagi jiddiy kelishmovchilik sabab ularning ijodi ko‘pga cho‘zilmagandi. Qarangki, Shahzod Sultonov Feruza Normatova bilan hamkorlikni to‘xtatganidan so‘ng, avvalgi partnyori Zarina Yo‘ldosheva bilan ijodni davom ettirdi. Hozirgi kunda ular yangi vaynlar suratga olishmoqda. Feruza Normatova esa yakka holda ijod qilmoqda.

    22.05.2023, 18:30   Izoh (0)   19640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Selena Gomes, Jennifer Lopes va millionlab kuzatuvchilaridan voz kechib, ijtimoiy tarmoqlarni tark etgan boshqa mashhurlar (foto)

    22.05.2023, 16:30

    Beyonse va Jey Zi Kaliforniyadagi eng qimmat — 200 mln dollarlik uyni sotib oldi (foto) 

    22.05.2023, 14:30

    Amerikaning eng boy ayoli qanday ko‘rinishga ega va u bu boylikka qanday erishgan?

    22.05.2023, 11:30

    Elvis Presli, Edit Piaf, Elton Jon — afsonaviy qo‘shiqchilar rolini o‘ynagan aktyorlar

    22.05.2023, 10:40

    Shamolga sovurilgan milliardlar: ota-onasi qurgan ulkan biznes imperiyalarni yo‘q qilgan merosxo‘rlar

    20.05.2023, 20:50

    Xarrison Ford Kann kinofestivalining “Oltin palma novdasi” mukofotini qo‘lga kiritdi (video)

    20.05.2023, 16:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.