Shvetsiya Ukrainaga mamlakatni tiklash va rivojlantirish hamda shoshilinch gumanitar ehtiyojlarni qondirish uchun 137,7 million dollar (1,4 milliard shved kronasi) miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Shvetsiya xalqaro hamkorlik va tashqi savdo vaziri Benjamin Dousa ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, ushbu yordam paketi Shvetsiya tarixidagi eng yirik fuqarolikni qo‘llab-quvvatlash dasturi hisoblanadi. U vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash, hududlarni minalardan tozalash va tibbiyot xodimlarini o‘qitishni o‘z ichiga oladi.
“Ukrainaga yordam ko‘rsatish nafaqat birdamlik ifodasi, balki Shvetsiyaning o‘zi uchun ham xavfsizlik masalasidir”, deya ta’kidlagan Dousa.
Vazir, shuningdek, so‘nggi haftalarda vaziyat murakkablashganini va Ukrainaga xalqaro yordam o‘z-o‘zidan tushunarli narsa sifatida qabul qilinmasligi lozimligini alohida qayd etgan.
Izoh (0)