Avvalroq “1000KITOB” loyihasiga kontent-menejer hamda tashkiliy-moliyaviy menejerlikka nomzodlar ishga olinishi haqida xabar berilgandi. Loyiha matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu lavozimlarda ishlash istagini bildirib 300 dan ortiq nomzod o‘z maʼlumotlarini taqdim etgan.
Maʼlum qilinishicha, nomzodlarni tanlab olish 2 bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda nomzodlar faoliyati belgilangan talablar bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
Navbatdagi bosqichda nomzodlar orasidan eng munosiblari Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan suhbat asosida tanlab olindi.
Shunga ko‘ra:
- “1000KITOB” loyihasi kontent-menejeri lavozimiga tilshunos, tarixchi, O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Eldar Asanov;

- tashkiliy-moliyaviy menejer lavozimiga esa bungacha “Asaxiy Books” nashriyotida 6-yil mobaynida moliyaviy menejer sifatida faoliyat yuritgan Nazirbek Xudoyorov tayinlandi.

Izoh (0)