Ipoteka-bank o‘z mijozlariga g‘amho‘rlik ko‘rsatish va xizmat sifatini oshirish maqsadida joriy yilning 20-dekabr sanasidan yangi bank tariflarini joriy etayotganini ma'lum qiladi.
Bu nima degani?
- Omonat egalariga bepul bank kartalari – 10 mln so‘mdan (1000 AQSH dollari) yuqori miqdorda depozit ochgan mijozlarga HUMO yoki Uzcard bank kartalari bepul beriladi.
- Ipoteka-bank bankomatlari orqali bank kartlarini to‘ldirish amaliyoti endilikda mutlaqo bepul. Bu mijozlarimiz uchun moliyaviy boshqaruv usulini yanada osonlashtiradi.
- Bolalar uchun maxsus kartalar (UzCard KIDS, HUMO Junior) bank xizmatlaridan foydalanganlik uchun bepul taqdim etiladi. Bu ota-onalarga bolalar harajatlarini nazorat qilish, xavfsiz onlayn va oflayn to‘lovlar, mobil ilova orqali hisobni to‘ldirish, mablag‘lar ustidan nazorat qilish imkonini beradi.
- Umra va Haj safarlari uchun xalqaro bank kartalari – ziyorat uchun maxsus bank kartalari taqdim etiladi.
- Mijozlar uchun bepul bank kartalari, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali 500 AQSh dollari va undan yuqori miqdorda pul qabul qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratiladi.
Ushbu o‘zgarishlar Ipoteka-bank mijozlariga keng qamrovli moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan strategiyaning bir qismi hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)