“Mening yurtim” (MY5) telekanali o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi.

Prezident rahbarligida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sohasida, shu jumladan, xususiy media uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli “Mening yurtim” telekanali ham yuksak marralarni zabt etmoqda.

Telekanal bundan keyin ham millionlab tomoshabinlar ishonchi va eʼtiborini qozonish yo‘lida yangidan-yangi g‘oyalar va formatlar ustida izlanib, xalqimizga sifatli, eng muhimi milliy ruh bilan boyitilgan mediamahsulotlar taqdim etib borishiga ishonamiz”, deb yozadi Sherzod Asadov.

Izoh (0)