“O‘zgidromet” 13-noyabr, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Ob-havo Toshkent shahrida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Buxoro va Navoiy viloyatlarida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarimida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo respublikaning tog‘li hududlarida:
Ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, 13-noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Harorat yana pasayadi.
Izoh (0)