• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Turmush o‘rtog‘im bilan to‘y qilishni xohlamaganmiz”. Sobiq adliya vazirining qizi, aktrisa va xonanda Aziza Nizomova 33 yoshda (foto, video)

    Xonanda va aktrisa Aziza Nizomova 21-oktyabr kuni 33 yoshni qarshiladi. Muxlislariga hamisha pozitiv kayfiyatda ko‘rinish beradigan ijodkor mashhur huquqshunoslar oilasida tug‘ilgani va otasi Adliya vaziri bo‘lganidan xabaringiz bormi? Xo‘sh, nega u sanʼat sohasini tanladi va qo‘shiqchilik faoliyatini aktrisalikka almashtirdi? Keling, bu kabi savollarga quyida javob izlaymiz.

    “Otam adliya vaziri bo‘lgan”

    Aziza Nizomova 1991-yilning 21-oktyabr sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Otasi navoiylik huquqshunos Farhod Nizomov, onasi Gavhar Nizomova esa namanganlik bo‘lib, informatika o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Oilada uch qiz tarbiyalangan, ularning kenjasi Aziza Nizomovadir. Ijodkorning Dono va Barno ismli ikki opasi bor. Ular ota kasbini tanlashgan.

    Foto: Instagram

    — Ota-onam o‘zlari yurist bo‘lishiga qaramay meni doim qo‘llab-quvvatlashgan. Bizning uyimizda farzandlarga nisbatan hech qanday taqiqlar bo‘lmagan. Sanʼatga qiziqishim baland bo‘lgani uchun shu yo‘ldan ketganman.

    Foto: Instagram

    Otam Farhod Nizomov juda ham yaxshi inson. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist. O‘z vaqtida otam adliya vaziri bo‘lgan. Juda ham ko‘p kitob o‘qiganlar. Uyimizda haligacha katta kutubxona bor, deydi Aziza Nizomova.

    “Semizligimdan uyalganman”

    Aziza Nizomova bolalikdan sanʼatga kirib kelgani va Asal Shodiyeva bilan duet kuylagan vaqtlari uni haqorat qilganlardan ranjigani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    — Muyassar opa otamning singlisi. Juda ham yaxshi ayol. Yoshligimdan uyimizga kelib, menga fortepiano chalishni o‘rgatardilar. Sanʼatga bolalikdan kirib kelganman, baʼzan “Shahzoda, Rayhon bilan konsertlarda birga sahnaga chiqqanmiz”, desam hayron bo‘lishadi. U paytlari davlat tadbirlarida faol ishtirok etardik, “Toshkent” nomli qo‘shig‘imiz bor edi. O‘zi bolalar 12-13 yoshda g‘alati bo‘lib qolishadi, yaʼni tashqi ko‘rinishi katta odamga ham bolaga ham o‘xshamay qoladi. Men semizgina qiz bo‘lganman va tashqi ko‘rinishimdan uyalardim. Eng yomoni u paytda inson ancha taʼsirchan bo‘larkan, maktab partasiga tashqi ko‘rinishimni yomonlab, haqoratli so‘zlar yozib ketishardi. Bundan rosa yig‘lardim, deydi Aziza Nizomova.

    “Yakkaxon xonanda bo‘lishga shoshilmaganman”

    Aziza Nizomova nima uchun yakkaxon ijrochi bo‘lishga intilmagani va uzoq yillar bek-vokalda oddiy xonanda bo‘lib ishlaganini quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram

    — Yakkaxon ijrochi bo‘lish ancha masʼuliyatli. Men o‘zimga nisbatan talabchan bo‘lganim uchun yakkaxon ijod qilishga shoshilmaganman. Bek-vokalda ishlab esa tajriba orttirganman, bundan tashqari ovoz doimiy charxlanib turadi, deydi Aziza Nizomova.

    “Turmush o‘rtog‘im biznes partnyorim”

    Xonanda tadbirkor inson bilan oila qurgan, hozirda uning Miranda ismli qizalog‘i bor.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im bilan to‘yda tanishganmiz. U do‘stining to‘yiga kelgan, men esa o‘sha restoranda qo‘shiq kuylayotgan edim. Tanishganimizdan 4-5 oy o‘tib turmush qurganmiz. U kishi mendan pasportda bir yosh katta, ammo aql jihatdan ancha yetuk. Bir gaplashgandayoq ko‘p kitob o‘qiydigan inson ekani seziladi.

    Foto: Instagram

    Turmush o‘rtog‘im tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ayni damda ikkimiz biznes partnyorlarmiz desam ham bo‘ladi. Chunki tadbirkorlikda hech omadim kelmasdi, ko‘nglim bo‘shligi hamisha pand berardi. U inson esa hisob-kitobga usta, tadbirkorlikda ko‘p yo‘l-yo‘riq o‘rgatadi, deydi Aziza Nizomova.

    “To‘yim bo‘lishini istamaganman”

    Aziza Nizomova to‘y qilish niyati bo‘lgani va bu holat ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgani haqida quyidagilarni maʼlum qildi.

    Foto: Instagram

    — Sanʼatkorlar haqida hamisha shov-shuv bo‘ladi. Hammasiga eʼtibor berish va negativlar bilan hisoblashish shart emas. Har bir insonning o‘z prinsiplari va rejalari bor. Masalan, to‘yim bilan bog‘liq gap-so‘zlar rosa tarqagandi. “Ikkinchi xotin ekan, to‘ydan avval homilador bo‘libdi”, shunga o‘xshash gap so‘zlar qulog‘imga yetib kelgandi. Men 18 yoshimda turmushga chiqqanim yo‘q, turmush o‘rtog‘im ham yosh bola emasdi. Biz avvaliga katta to‘y qilishni istamadik, nikohdan o‘tib yashayverdik. Ammo turmush o‘rtog‘im kutilmaganda to‘y qilaylik deb qoldi, deydi Aziza Nizomova.

    “Qo‘shiqchilikda tanaffusdaman”

    Aziza Nizomova keyingi paytlarda qo‘shiqchilik sohasiga kamroq eʼtibor berib, asosan seriallarda suratga tushmoqda. Xonanda buning sababini quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram

    — Xonandalik shunday kasbki, doim biroz tanaffus qilib turish kerak. Chunki haddan tashqari uzoq vaqt bir sohada ishlasangiz, ilhomingiz ketib qoladi. Hozir ko‘p tanishlarimda shunday holat kuzatilmoqda. Shuning uchun ham ijodkorlar o‘zi uchun tanaffus olib turishi kerak.

    Foto: Instagram

    Seriallarga esa takliflar ko‘p, agar maʼqul kelsa, suratga tushaman. Chunki u ham ijod. Unda ham rol ijro etsam yayrayman, deydi Aziza Nizomova. Xonanda hozirgi kunda ikkinchi bor ona bo‘lish arafasida turibdi. 

    24.10.2024, 22:30   Izoh (0)   197619
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Aziza Nizomova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kaniza, Xonzoda va Aziza Nizomova — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    04.08.2022, 15:30

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova

    09.08.2022, 22:33

    Instagram: Parizoda bilan yuz bergan ko‘ngilsizlik, sportchini jangga chorlagan Shohruxxon, sayohatga otlangan Lola

    10.08.2022, 22:30

    Instagram: Qoraqalpoq yoshlariga 50 mln so‘m bergan Yulduz Usmonova, nevarali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, telefonini qaytarganga mukofot e’lon qilgan Parizoda

    11.08.2022, 22:16

    Instagram: Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatdi, Aziza Nizomova ona bo‘ldi, “Aristokrat”chi Sarvar uylandi

    24.08.2022, 22:21

    2022-yilda o‘z baxtini topib, oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    31.12.2022, 12:50

    2022-yilda farzandli bo‘lgan shou-biznes vakillari (foto)

    31.12.2022, 14:51

    “Otam — sobiq adliya vaziri, Muyassar Razzoqova — ammam”. Aziza Nizomova mashhur qarindoshlari, daromadi va ijodidagi tanaffus haqida

    14.11.2023, 14:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.