Tamer Fathi Abdussalom Hammad Misrning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Vazir elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
“Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi. Janob elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Avvalroq Tatyana Daniyela Garsiya Silva Nikaraguaning hamda Moses Kavaaluuko Kizige Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)