Alisher Qurbonov 25-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil sentyabridan buyon tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Abdurashid Ismailov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Alisher Qurbonov 1973-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda hamda xususiy sektorda mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Alisher Qurbonov “Amirqulbobo KAA” fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh (0)