• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Erdo‘g‘on BMT Bosh assambleyasida Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMT Bosh assambleyasida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida keskin gapirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Erdo‘g‘on Isroil bosh vazirini tanqid qilib, uni Adolf Gitlerga qiyosladi. 

    “Xalqaro hamjamiyat falastinlik tinch aholini Isroil harakatlaridan himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerak. Gitler 70 yil avval insoniyat ittifoqi tomonidan to‘xtatilganidek, Netanyaxu va uning qotil tarmog‘i ham ‘insoniyat ittifoqi’ bilan to‘xtatilishi kerak”, dedi u. 

    Siyosatchi BMTga a’zo va buni hali amalga oshirmagan barcha davlatlarni Falastin davlatini zudlik bilan tan olishga chaqirdi.

    “Umid qilamanki, bu tarixiy qadam Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishi yo‘lidagi so‘nggi burilish nuqtasi bo‘ladi. BMTda Falastinni tan olmagan davlatlar hali ham bor. Men ularni ushbu muhim davrda tarixning to‘g‘ri tomonini egallash orqali Falastin davlatini tezroq tan olishga chaqiraman”, dedi Turkiya rahbari.

    Erdog‘on BMTning millionlab odamlar halok bo‘lgan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish maqsadida tashkil etilganini eslatib o‘tdi.

    “Afsuski, so‘nggi yillarda BMTning o‘z asosiy vazifasini bajarishda ojizlik ko‘rsatayotganini, tobora samara bermaydigan, qoloq va harakatsiz tuzilmaga aylanib borayotganini kuzatmoqdamiz”, dedi u.

    Nutq davomida siyosatchi yahudiylar va musulmonlarga qarshi kamsitishning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. U 2024-yil 15-martdagi qaror loyihasiga muvofiq BMTda islomofobiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakil tayinlanishini tezlashtirishga chaqirdi.

    Erdo‘g‘onning Netanyaxuga qarshi bayonotlari

    Ta’kidlash kerakki, bu Turkiya prezidentining Netanyaxuga nisbatan ilk tanqidi emas. Mart oyida Erdo‘g‘on G‘azodagi vaziyat haqida gapirib, Yaqin Sharqda bo‘layotgan voqealarni genotsid deb atagandi. 2023-yil dekabr oyida Turkiya prezidenti Netanyaxuni Gitler bilan qiyoslagan, Isroil bosh vaziri esa bunga javob qaytargan.

    “Kurdlarga qarshi genotsid o‘tkazayotgan, o‘z hokimiyatiga qarshi chiquvchi jurnalistlarni qamoqqa tashlash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan Erdo‘g‘on bizga axloq darsi berishga haqli oxirgi odamdir”, degan Netanyaxu.

    Bungacha Turkiya prezidenti BMTni muomalaga layoqatsiz tashkilot deb atagan va uning tuzilmasini o‘zgartirishga chaqirgan edi. 2023-yilning kuzida G‘azodagi voqealar tufayli Turkiya Isroildagi elchisini chaqirib oldi. Joriy yil iyul oyi oxirida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya bir paytlar Tog‘li Qorabog‘ va Liviyaga qanday kirgan bo‘lsa, Isroilga ham shunday kirishi mumkinligini aytgan edi.

    25.09.2024, 09:05   Izoh (0)   4983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Turkiya Isroilning tajovuzkor siyosatiga qarshi Livan tomonida turadi” — Turkiya rahbari 

    27.06.2024, 16:47

    Netanyaxuning hayoti o‘z joniga qasd qilgan Gitlerniki kabi tugaydi — Turkiya TIV 

    29.07.2024, 13:04

    Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi 

    30.07.2024, 11:50

    Axios: “Hizbulloh” Erondan Isroilga hujum qilishni so‘radi  

    25.09.2024, 00:15

    Isroil armiyasi Bayrutga “maqsadli zarba” berganini e’lon qildi  

    24.09.2024, 23:40

    “Qo‘shma Shtatlar Ukrainani g‘alaba qozonguncha qo‘llab-quvvatlaydi” — Jo Bayden 

    24.09.2024, 23:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.