Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning hayoti o‘z joniga qasd qilgan Gitlerning hayoti kabi tugaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Vazirlik rahbari Xoqon Fidan butun tarix davomida genotsidning barcha aybdorlari va ularning sheriklari bir xil qismatga duch kelganini eslatdi.
“Gitler genotsidi tugaganidek, Netanyaxuning genotsidi ham tugaydi. Falastinliklarni yo‘q qilishga uringanlar o‘z qilmishlari uchun genotsid qilgan natsistlar kabi javob beradi. Insoniyat falastinliklar tomonida bo‘ladi, siz ularni yo‘q qila olmaysiz”, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Anqara Isroilga xuddi Qorabog‘ va Liviyadagi kabi kirishi mumkin”ligini aytgandi.
“Biz Qorabog‘ga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, ular bilan ham shunday qilamiz. Bunday qilmasligimiz uchun hech qanday sabab yo‘q... Biz bu qadamlarni qo‘yish uchun kuchli bo‘lishimiz kerak”, deya Erdo‘g‘on Isroilni nazarda tutdi.
Bunga javoban Isroil Tashqi ishlar vazirligi Erdo‘g‘onga qatl etilgan Saddam Husayn taqdirini takrorlashi mumkinligi bilan tahdid qilgan.
“Erdo‘g‘on Saddam Husayn izidan borib, Isroilga hujum uyushtirish bilan tahdid qilmoqda. Shunchaki u yerda (Iroqda) nima bo‘lganini va hammasi nima bilan tugaganini eslasin”, degan Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Katz.
Izoh (0)