Shavkat Mirziyoyev 17-sentyabr kuni Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev ikkinchi “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17-sentyabr kuni Ostona shahriga tashrif buyurgandi.
Sammitda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarashlarini bayon qildi hamda hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator yangi tashabbus va takliflarni ilgari surdi.
Davlat rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilg‘or kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.
“Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29-sentyabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)