Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 3,08 so‘mga ko‘tarilib, 12 732,56 so‘m bo‘ldi. Yevro 25,08 so‘mga oshib, 14 181,53 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,35 so‘mga tushib, 139,37 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 729,48 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)