Aleks Pereyra va Halil Rauntri o‘rtasidagi titul jangi UFC 307 turnirining markaziy jangi bo‘ladi.
Bu haqida promoushen prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi. Turnir 6-oktyabr kuni Yuta shtatining Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tadi.
Aleks Pereyra so‘nggi jangini UFC 303 turnirida o‘tkazgan va unda Irji Proxazkani 2-raundda nokautga uchratgandi.
Rauntri esa 2023-yilning dekabr oyida Entoni Smitga qarshi jang qilib, 3-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)