Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev 16-avgust kuni Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

Sport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Kurash federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev delegatlarning ovoz berishi natijasida yangi 5 yillik muddatga mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.
U mazkur lavozimni 2019-yilning oktyabrida egallagandi. Unga qadar O‘zbekiston kurash federatsiyasini sobiq bosh prokuror Otabek Murodov boshqargan.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019-yil 20-iyunda O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlangandi. Prokuratura to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, bosh prokuror vakolat muddati — 5 yil. Bosh prokurorni lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlari Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi. 2024-yilning iyunida u ikkinchi muddatga bosh prokuror lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh (0)