O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.
Ta’kidlanishicha, Termiz shahrida O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi davomida Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir ovozdan O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan. Saylovda boshqa nomzodlar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kurash federatsiyasini bundan avval O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori Otabek Murodov boshqargan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)