• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Harbiy bo‘lish nasib qilmagan, baxtini ikkinchi turmushidan topgan Ulug‘bek Qodirov nima uchun AQSHga ketgan edi? (foto, video)

    Ulug‘bek Qodirov tasodifan aktyor bo‘lgan desak ishonasizmi? Chunki u ko‘plab hamkasblari singari bolalikdan san’atga qiziqmagan, bu sohani tanlagani yaqinlari uchun ham kutilmagan yangilik bo‘lgan. Aktyor bu yil 41 yoshni qarshiladi va ijodini boshlaganiga ham 20 yil to‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, u ilk rolini 2004-yili “Ayol zoti” filmida ijro etgandi. Xo‘sh, aktyorning san’at olamiga kirib kelishi qanday kechgan va u faoliyati davomida qanday qiyinchiliklarga uchragan. Keling, bu haqida quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

    “Jarrohlik operatsiyasi rejalarni o‘zgartirdi”

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Nosir va Farida Qodirovalar kenja o‘g‘illarining harbiy soha vakili bo‘lishini orzu qilishadi. Chunki uning bo‘ylari baland, sportga bo‘lgan qiziqishi ham yuqori edi. Afsuski, yosh Ulug‘bekka harbiy bo‘lish nasib etmadi.

    — Ota-onam haqiqatan ham harbiy bo‘lishimni orzu qilishgandi. 15 yoshimda Toshkentdagi Suvorov nomli harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirdim, ammo uni bitirish menga nasib qilmadi. Kutilmaganda ko‘richak bo‘lib qoldim. Jarrohlik operatsiyasidan keyin shifokorlar jismoniy mashqlar bajarishni ma’lum muddatga taqiqlashdi. Ota-onam meni oddiy maktabga qaytarishga qaror qilishdi. Shunday qilib, harbiylik kasbi haqidagi orzu o‘z-o‘zidan barham topdi. Ammo bolaligimdan sportga qiziqishim yuqori bo‘lgan. Ammo o‘zim ham, atrofimdagi insonlar ham aktyor bo‘lishimni xayollariga keltirishmagan.

    Bolaligim boshqalarnikidan farqli o‘tgan deyolmayman. Ota-onam kun bo‘yi ishda bo‘lishardi, biz esa uyda qolardik. Onam uy ishlarini barchamizga bo‘lib ketardi. Hamma zimmasiga yuklatilgan ishni qilishga majbur edi. Dadam o‘qimishli inson bo‘lgani uchun “Saodat” jurnaliga obuna bo‘lardi. Ishga ketayotganda jurnalning qaysi sahifalarini o‘qishimizni ham belgilab ketishardi, deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov. 

     “Institut ostonasida qonim to‘kilgan”

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    San’at institutiga hujjatlarimni tasodifan topshirganman. Institut binosi oldida ro‘y bergan voqeani taqdirning belgisi sifatida qabul qilganman.

    — Bahorning iliq kunlarining birida do‘stlarim bilan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli milliy bog‘ga aylangani bordik. O‘sha kunlari onam menga yangi poyabzal olib bergandilar. Ko‘p yurganimdan tufli oyog‘imni shilib tashladi. Ammo yurishdan to‘xtamadim. Shunda xayolimga san’at institutining oldiga yetib olsam bo‘ldi, degan fikr keldi. Institut binosi oldiga yetib borganimda, oyog‘im yanada, ko‘proq qonay boshladi. Bu qon institut darvozasi oldiga to‘kildi. O‘sha kuni kechqurun onamga “San’at institutiga hujjat topshiraman!” deb aytdim. Onam “Bu nima deganing?” deb hayron bo‘ldilar. “Qonim to‘kilgan joyga o‘qishga kirmasam bo‘lmaydi” deya javob berganman”, deydi Ulug‘bek Qodirov.

     Hammasi epizod roldan boshlangan

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Aktyor 2000-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga qabul qilingan. U institutning eng ko‘rkam talabalaridan biri bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik uning sahnaga moslashib ketishiga shubha qilgandi. Bunga aktyorning injiqligi va biroz jizzakiligi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.

    — Ilk rolimni 2001-yili “Ayol zoti” serialida ijro etganman. “Kastingdan o‘tding”, deyishganida rosa xursand bo‘lgandim. Ammo kichik epizodga tasdiqlashgan ekan. Kamera qarshisida hayajon albatta bo‘lgan, ammo rolga moslashishim qiyin kechmagan. 2004-yili institutni bitirgandan so‘ng ketma-ket yangi filmlarga takliflar bo‘ldi. “Devona” va “Sarvinoz” filmlarida suratga tushganimdan keyin odamlar taniy boshlashdi, deydi aktyor.

    “Otamga rollarimni ko‘rish nasib etmadi”

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Aktyorning muvaffaqiyatli rollari ko‘p, ammo uning tanilishida “Sarvinoz” va “Baxt uchun million” rollari ko‘proq hissa qo‘shgan. Chunki 2005-yilda unga “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasida g‘oliblik nasib etgan. 

    — 2004-yili ijodimdagi eng barakali yillardan biri bo‘lgan. Ammo hayotimda og‘ir judolik bo‘lgani bilan ham xotiramda qolib ketgan. Chunki endi tanilib, filmlarim namoyish etilayotgan pallada otamdan ayrilib qolganmiz. Otamga filmlarimni ko‘rish, premyeralarda old qatorda o‘tirib, tomosha qilish nasib etmagan. Bundan ko‘p afsuslanaman, deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.

    Ulug‘bek Qodirov bir oy yashab, ajrashgan…

    Foto: Instagram

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov 2012-yilning sentyabr oyida ota-onasining qistovi bilan uylangan. To‘y katta dabdaba bilan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, kuyov bir oydan keyin ajrashishga qaror qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, bunga kelinni yoqtirmay uylangani sabab bo‘lgan. 2013-yilning aprel oyida esa aktyor “Shahrizoda” guruhining a’zosi Aziza bilan oila qurgan. Ular 2014-yili qiz, 2016-yilda esa o‘g‘il farzandli bo‘lishganini ma’lum qilishdi.

    Rol uchun 25 kg vazn yo‘qotgan

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov uchun qisqa muddatda ozish yoki semirish muammo emas. U “Aka” filmi uchun 26 kilogrammga semirgan. “Baron” filmi uchun esa avvalgi vazniga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor qisqa vaqtda 25 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Aktyorning ta’kidlashicha, u to‘plagan 120 kilogramm vazndan rol va salomatligi uchun voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.

    — Bu yil ham rol uchun katta vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. “Osiyo arsloni” filmida asosiy rolni ijro etyapman. Kuchaytirilgan parhez sabab 25 kilogramm vazn tashladim, deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.

    “Ulug‘bekni O‘zbekistonda xafa qilishgandi”

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Ulug‘bek Qodirov oilasi bilan AQSHga ko‘chib ketganligi ma’lum qilgandi. Ammo biror marta xorijga ketishining sabablarini ochiqlamadi. Faqatgina uning yaqin do‘sti va sport murabbiysi Habibulla Nizomov buning ayrim sabablarini ma’lum qilgandi.

    — Filmlarda o‘zbek aktyorlariga salbiy rol yoki ikkinchi darajali rollarni berib, asosiy rollar rus yoki turk aktyorlariga berila boshladi. Bir filmda kelishilgan gonorarni berishmagan. Qayta-qayta so‘rab, agar pulimni bermasangiz, dublyajga bormayman, deganidan keyin kinoni buyurtma qilgan tashkilotga ro‘para qilib qo‘ygan. Tasavvur qiling, gonorarni kelishgan odam qo‘rqitish uchun boshqa tashkilotni ro‘para qilib qo‘ygan. Balki, adolatsizliklarni ko‘rib, men o‘zim yangidan hayot boshlab, alohida yashab ko‘ray, degandir, degandi Habibulla Nizomov.

    AQSHda pitssa tarqatish bilan shug‘ullanganmi?

    Foto: Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Aktyor birorta intervyusida AQSHdagi faoliyati haqida gapirmagan bo‘lsa-da, tinib-tinchimas muxlislar uning nima bilan shug‘ullanganligini aniqlashgan. U barcha muhojirlar singari pitssa tarqatish bilan shug‘ullangan emish.

    Muhimi, aktyor 3-4 yillik xorij safaridan so‘ng O‘zbekistonga qaytdi va bir nechta tarixiy loyihalarda suratga tushdi. U suratga tushgan “Alfons” seriali ham ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, bir oy avval O‘ktam Kamolov bilan birga “O‘lganimiz yo‘q” nomli duetini ijro etib, YouTube tarmog‘iga joylagandi.

    08.08.2024, 11:35   Izoh (0)   24209
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sotqin”ga kastingdan o‘tmagandim, turmaga olib borishdi — Javohir Zokirov rol ishonarli chiqishi uchun haqiqiy kallakesar bilan suhbatda bo‘lgani haqida gapirdi 

    20.12.2023, 18:41

    Mashhur san’atkorning farzandi ekanligini sir tutgan, boks bilan professional darajada shug‘ullangan va Durdona Qurbonova bilan ishlaganidan afsuslanadigan Shahzod...

    07.02.2024, 10:55

    O‘zbek shou-biznesidagi gonorari eng qimmat xonandalardan biri, uch farzandning otasi Tohir Sodiqov 51 yoshda (foto, video)

    03.07.2024, 12:00

    Instagram: Umida Mirhamidova o‘g‘lini uylantirdi, Munisa Rizayevaning syomkada tobi qochdi, Dildora Niyozova kechirim so‘radi 

    08.08.2024, 10:55

    63 yoshli Jan-Klod Van Damm 36 yildan keyin o‘zining mashhur suratini takrorladi (foto)

    07.08.2024, 16:40

    Tanish-bilish va oliy ma’lumotsiz: tasodifan mashhur bo‘lgan jahon yulduzlari

    07.08.2024, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 12:16

    Instagram: Kosmetika ishlab chiqarayotgan Munisa Rizayeva, Malika Ravshanova xonadonida xursandchilik, Yulduz Usmonova Shirin Abdullayevaga atab qo‘shiq kuyladi

    Shou-biznes | 13 may, 11:59

    Alisher Usmonovni “Dilbar” yaxtasi egasi deb atash taqiqlandi

    Dunyo | 13 may, 11:55

    O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 11:44

    Jahon kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar musobaqani g‘alaba bilan boshladi

    Sport | 13 may, 11:43

    “Brilliant qo‘l” filmi yulduzi Nina Grebeshkova vafot etdi

    Layfstayl | 13 may, 11:41

    O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 11:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.