• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Mashhur san’atkorning farzandi ekanligini sir tutgan, boks bilan professional darajada shug‘ullangan va Durdona Qurbonova bilan ishlaganidan afsuslanadigan Shahzod Sultonov 28 yoshda (foto, video)

    Shahzod Sultonov sanʼatkorlar oilasida tug‘ilgan, aktyorlik bo‘yicha tahsil olgan ijodkor. U kino, serial va kliplardagi ishtiroki bilan tomoshabinlar nazariga tushgan. Uning nafaqat aktyorlik mahorati, balki kelishgan tashqi ko‘rinishi ham tomoshabinlar eʼtiborini tortadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    “Otam bokschi bo‘lishimni istagandi”

    U xonanda Oybek Sultonov oilasida kenja farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Otasi o‘z davrining mashhur xonandasi bo‘lishiga qaramay, kenja farzandining sportchi bo‘lishini orzu qilgan.

    Foto: Instagram

    — Otam juda kichikligimdan boshlab boks bilan shug‘ullanishimni istagan. Mahallamizda boks bo‘lmagani uchun avvaliga muay-tay sport turi bilan shug‘ullanganman. U paytda sportni his qilganmanmi, yo‘qmi bilmadim. Ammo keyinchalik sport hayotimning bir bo‘lagiga aylangan. Yuqori sinfda o‘qigunga qadar bokschi bo‘laman, deb orzu qilardim. Bolalikda sho‘x bo‘lganman, ammo ko‘cha-ko‘yda urishishni yomon ko‘rardim. Chunki ustozim “Zarbangning kuchini ringda ko‘rsat”, deb ko‘p taʼkidlardi. Maktabdagi baholarim u qadar aʼlo bo‘lmagan, chunki asosiy vaqtimni sport zalida o‘tkazardim, — deydi Shahzod Sultonov.

    “Moddiy qiyinchiliksiz ulg‘ayganmiz”

    Aktyor bolaligi go‘zal o‘tgani, otasi ularning yaxshi yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    — Ko‘pchilik ijodkorlar intervyu berganda bolalikda moddiy qiynalgani, ishlagani haqida gapiradi. Maqtana olamanki, menda bunday muammolar umuman bo‘lmagan. Otam to‘ylarga borar va topgan daromadini farzandlariga sarflardi. Hech qachon puldan zoriqqanimizni eslolmayman. Kenja farzand bo‘lganim uchunmi meni ko‘proq erkalatishardi. Hozir o‘ylab qarasam, bolaligim shahzodalarga xos o‘tgan. Chunki og‘zimdan chiqqan narsani muhayyo qilishardi, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Sendan aktyor chiqmaydi”

    Shahzod Sultonov ustozlarning ishonchsizligi va uch yil faqat massovka rollarda suratga tushgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    — Sanʼatkor bo‘lishimga oilam hech qachon qarshi bo‘lmagan, sanʼat institutiga o‘qishga kirganimda ham quvonishgan. Ammo hech qayerda otamning nomini sotmaganman. Tabiatan bunday yo‘l tutishni yomon ko‘raman. Ammo ustozlardan birining gapi yuragimga qattiq botgan. “Sendan aktyor chiqmaydi, plastikang yo‘q”, degan. Hali aktyor bo‘lishimni isbotlayman deb qayerda kasting o‘tkazilsa ishtirok etardim. Ammo 3 yilgacha birorta syomkada massovkadan boshqa rolni berishmagan. Uchinchi kursda bir klipmeyker klipga chaqirgan. “Bitta sahna bor, seni yaqqol olaman. Faqat u sahna tushdan keyin olinadi”, degan. Xursand bo‘lib yoz chillasida bu sahna suratga olinishini kutib o‘tirganman. Ammo ha deganda u chaqiravermagan. Yoniga borib “Aka, meni sahnam qachon suratga olinadi”, desam “Voy, esimdan chiqibdi-ku, syomka tugadi. Keyingi klipga olaman”, degan. Rosa xafa bo‘lganman, shu qilganingiz uchun ham o‘zim rejissor bo‘laman, deb ketgandim, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Sardor Rahimxon meni qo‘llagan”

    Aktyor Sardor Rahimxondan minnatdorligi, u sabab ilk katta rolini ijro etgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    — Sardor aka bilan tanishuvimiz juda qiziq kechgan. Institutda magistrlarning diplom ishi namoyish etiladigan bo‘lgan, Sardor Rahimxonni taklif etishgan. O‘sha tadbirda men ham kursdoshim bilan ishtirok etdik va so‘ngida Sardor Rahimxon bilan suratga tushdik. O‘shanda u inson bilan tanishib qolganman. Keyinchalik u inson klipi uchun kasting o‘tkazayotgani haqida eshitib qoldim va telefon raqamini topib qo‘ng‘iroq qildim. Eng qizig‘i, u inson meni tanidi, agar rejissor qarshilik qilmasa, klipida tushishim mumkinligini aytdi. Baʼzi insonlar ishonchsizlik bildirayotgan bir paytda u insonning yordam qo‘lini cho‘zgani katta kuch bag‘ishlagan. Sardor akadan odamning ortidan gapirmaslikni va yomon gumonda bo‘lmaslikni ham o‘rgandim, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Ayollardan takliflar ko‘p bo‘lgan”

    Aktyor endi tanilib kelayotgani paytda baʼzi ayollardan “g‘alati” takliflar olgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Bu haqida gapirish noqulay, ammo juda ko‘p ayollar bunday takliflar bergan. Birinchi marta eshitganimda “shok” holatiga tushganman. Bir opa qo‘ng‘iroq qilgan va muhim masalada gaplashib olishini aytgan. “Ijodingiz haqida” degani uchun ham kelishilgan yerga borganman. “Sizga prodyuser kerak, pul tikamiz, ko‘taramiz”, deyapti. “Opa, men xonanda emas, aktyorman. Menga homiy kerak emas”, dedim. “Balki mana bunday mashinalar haydashni istarsiz”, dedi. Keyin bilsam uning taklifi butunlay boshqa mavzuda ekan. Unga “ha” yoki “yo‘q” deb javob berishimning o‘zi kifoya edi.

    Foto: Instagram

    Afsuski, barmoqlar barobar bo‘lmaganidek, erkaklar orasida ham, ayollar orasida ham bunday insonlar topiladi. U insonning kasbi bilan bog‘liq emas. Sanʼatda shunday aktrisalarni ham uchratganmanki, erkak kishining ko‘ziga tik qarab gapirmaydi, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Aktrisaga uylanishim mumkin, faqat...”

    Shahzod Sultonovning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mish-mishlar bisyor. U Sug‘diyona Azimova, Feruza Normatova va Zarina Yo‘ldosheva bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqidagi mish-mishlar omma orasida tarqalgandi.

    Foto: Instagram

    — Uch aktrisa bilan ham ijodiy loyihalarda birga ishlaganmiz. Hammasini hurmat qilaman, ammo ular bilan o‘rtamizda hech qanday munosabat bo‘lmagan. “Aktrisa bilan oila qurishingiz mumkinmi?” deb ko‘p so‘rashadi. Albatta mumkin, faqat undan keyin sanʼatdan ketishini istayman. Chunki oilali ayolni eridan boshqa erkaklar ko‘rmasligi kerak, u omma eʼtiboridan chetda yurgani maʼqul, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Ko‘zim ko‘rmay qoladi, deb qo‘rqqandim”

    Aktyor bir yil avval Andijonda boks bo‘yicha katta jang o‘tkazdi. Jang uning g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, u ko‘zidan jiddiy jarohat oldi.

    Foto: Instagram

    — Aktyorlikda yuz muhim ahamiyatga ega, boksda esa u birinchi galda nishonga olinadi. O‘tgan yili tavakkal qilib, jangga rozi bo‘ldim. Ammo jang oldi bu aktyorlik karyeramga jiddiy xavf solishi haqida ko‘p gapirishdi. Bundan tashqari, ko‘pchilik insonlar ishonchsizlik bildirishdi. “Aktyor-ku, eplay olmaydi”, deganlar ko‘p bo‘ldi. Jangda yutsam ham, yutqazsam ham odamlarga “mavzu” bo‘lishimni bilardim. Raqibimning zarbasidan ko‘ra, himoyasi kuchli ekan, bu meni ancha charchatdi. Yuzimdan ikkita jiddiy zarba oldim, yuzim uvishib hech narsani his qilmay qoldi. Undan keyin bir ko‘zim xiralashib, asta shishib umuman ko‘rmay qoldi. Ammo jang mening g‘alabam bilan yakunlandi. “G‘olib bo‘la olmaysan”, deb yuzimga yoki ortimdan aytgan insonlar oldida yuzim yorug‘ bo‘lganidan juda quvondim, ammo ancha vaqtgacha syomkalarda ishtirok etolmadim. Eng yomoni, ko‘zim ko‘rmay qolsa-chi deb qo‘rqqandim, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    Do‘stlarning ayrilishiga pul sababmi?

    Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov ham bir paytlar yaqin do‘st bo‘lgan. Afsuski, hozirda moliyaviy kelishmovchilik sabab ularning munosabati buzilgan.

    Foto: Kollaj

    — Shohrux o‘zi suratga olayotgan filmiga taklif etgan. “Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipov ‘Oshiqlarʼ filmida birga suratga tushib, fayz olgan. Biz ham bir filmda suratga tushaylik”, degan. Rozi bo‘lganman. Ammo gonorar keyinroq berilishini aytgandi. To‘g‘ri, syomkaga borganimda yo‘l puli berilgan, ammo umumiy summa keyinroq berilishini aytgan. Suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin avariyaga uchrab qoldim. Ertalab tonggi 4:00 da Shohruxga qo‘ng‘iroq qildim. Chunki o‘sha paytda pul kerak edi. “Haligi puldan berasanmi? Avariyaga uchradim”, desam hol-ahvol so‘rab “Yo‘q, hozir u pulni ololmaymiz, hisobga tushmagan. Keyinroq oldingga o‘taman”, dedi. Ammo u film ijodkorlaridan hech kim kelmadi va gonorarimni ham bermadi. Aslida, bu gapni aytmoqchi emasdim. Faqatgina ko‘rsatuvda sherdan qo‘rqqanim uchun bunga majbur bo‘lganman, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Durdona Qurbonova bilan ijro etgan rolimdan afsuslanaman”

    Aktyor “Hindi shou” loyihasida suratga tushgan rolidan uyalishi va iloji bo‘lsa uni umuman ko‘rishlarini istamasligini aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram

    — “Hindi shou” loyihasida suratga tushganimdan haligacha afsuslanaman. Unda Durdona Qurbonova bilan rol ijro etib, g‘alaba qozongandik. Ammo unda hind kinosiga taqlid qilib, qo‘l ushlashgan sahnalarimiz bor. Ishonasizmi, ana shu rolni ijro etganim uchun o‘zimni kechirolmayman. Tomoshabinlar iloji bo‘lsa men chiqqan sonni ko‘rmasliklarini istayman, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    07.02.2024, 10:55   Izoh (0)   171353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tan olish kerak, singlim mendan mahoratliroq” —  jinlar taʼqibiga uchragan, otasiz ulg‘aygan va “bemaza qochirimlari” uchun tanqid qilinadigan Otabek Muhammadzohi...

    26.01.2024, 11:20

    “Ichkilikka berilib, devonasifat insonga aylangandim” — shartnoma pulini to‘lolmay institutdan ketgan, san’atdan ko‘ngli sovigan va 5 bolaning otasi bo‘lgan Sanjar...

    30.01.2024, 15:25

    Jarroh bo‘lishni orzu qilgan, ota-onasining “quloqsiz” farzandi bo‘lgan va qo‘shiqlaridan birini 16 ta xorij sanʼatkori ijro etgan Ulug‘bek Rahmatullayev 42 yoshda...

    01.02.2024, 11:30

    Instagram: O‘g‘lini tug‘uruqxonadan olib chiqqan Ozod Shukurulloyev, san’atdan zerikkan Kaniza va onasiga kutilmagan sovg‘a bergan Obidjon Nasriddinov

    07.02.2024, 09:55

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Abbos — Muhammadjon Rahimov 50 yoshni qarshiladi. Aktyor bugungi kunda nimalar bilan band? (foto, video)

    05.02.2024, 14:50

    Reyting: Qaysi xorazmlik san’atkor birrov xizmati uchun 5000 dollar oladi?

    05.02.2024, 13:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.