• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Mijoz doimo haq” shiorini o‘ziga qo‘llanma qilib olgan daho haykaltarosh — Mikelanjeloning hayot yo‘li

    Bundan 549 yil oldin Kaparze shaharchasida Yevropadagi mashhur aristokratlar uylari nomiga daʼvogar, biroq qashshoqlikka yuz tutgan dvoryanlar oilasida barcha davrlarning eng mashhur haykaltaroshi bo‘lish taqdiriga yozilgan bola dunyoga keladi.

    Chaqaloqning onasi kasalmand bo‘lib, homiladorligida otdan yiqilib tushadi, shu sababdan bolasini mustaqil emiza olmaydi. Natijada chaqaloq enagaga topshiriladi va hayotining ilk yillari sangtarosh oilasida o‘tadi. U bolaligidan bolg‘a va tosh yo‘ng‘ichga mehr qo‘yib, loydan haykallar yasashga qiziqadi. Biroz ulg‘aygach, Mikelanjelo iqtidori uchun ikkinchi oilasiga minnatdorchilik bildiradi.

    Mikelanjelo Daniele da Volterra portretida
    Foto: Public Domain

    O‘z onasi Mikelanjelo 6 yoshga to‘lganida vafot etadi. Bu bolaning ruhiyatiga qattiq taʼsir qiladi, u hech kim bilan gaplashmaydigan, asabiy va odamsuymas bolaga aylanadi. O‘g‘lining ahvolidan tashvishga tushgan ota uni Franchesco Galeota maktabiga beradi. O‘quvchi bu yerda grammatikaga qiziqish bildirmaydi, ammo shunday do‘stlar orttiradiki, unda ijodga bo‘lgan mehr paydo bo‘ladi.

    Faqat hozirgi hazil-mutoyibaga usta odamlargina Sikstin kapellasi gumbazini bezagani — Mikelanjelo Buonarrotining hayotidagi eng asosiy ishi deya hisoblaydi. Aynan shu kabi insonlar tufayli internet tarmog‘ida Rim papasi Yuliy II hamda Mikelanjelo tanishuviga oid turli latifalar tarqalgan: “Salom! — Shiftni bo‘yab qo‘ying!”.

    Aslida esa Mikelanjelo doim o‘zini haykaltarosh deya hisoblab kelgan. Uning yozishmalari bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. Hatto o‘sha mashhur shiftni “bo‘yash” ishlari bilan shug‘ullanganida ham o‘zi yozgan nomalar ostiga Michelagnolo scultore in Roma — “Mikelanjelo, haykaltarosh. Rim” deya dastxat qo‘yardi.

    Mikelanjeloning dastlabki asarlaridayoq uning ijodiga xos asosiy xususiyatlar — mahobatlilik, obrazlar shaklining qudrati va dramatizmi, inson go‘zalligiga ehtirom ko‘zga tashlanadi: “Zinapoya oldida turgan Madonna” va “Kentavrlar” relyeflari. “Vakx” haykali, “Isoga motam” haykallar guruhi (Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasi)da anʼanaviy gotika tasviriga yangi insonparvarlik mazmunini singdirgan. Respublika fuqarolarining jasoratini ifodalovchi “David” haykali, “Madonna”, “Muqaddas oila” kartinalari — bu asarlaridagi obrazlar yorqinligi bilan qimmatlidir.

    Odamlar orasida yozuvchining biografiyasi — bu uning kitoblari, musavvirniki esa — uning asarlar, degan tasavvur bor. Bunday tor qarash biografiyani axtalash bilan barobar. Bu uslubdagi qarash bilan inson nima uchun ayrim asarlarda ichki tanglik, shiddat yoki asabiylik ruhi hukmron ekani, boshqalari esa shunchaki chiroyli so‘zlar ketma-ketligidan iboratligini tushuna olmaydi. Chunki gap ijodkorning xarakterida. Xarakter bo‘lsa, odamning qilgan ishlarida namoyon bo‘ladi. Bu borada Mikelanjeloda hammasi joyida edi: o‘z vaqtida uning murakkab, fitnachi, kulgili xarakteri mashhurlikda u yaratgan ijod namunalaridan qolishmasdi.

    Sikstin kapellasining shifti
    Foto: Wikimedia Commons

    Mikelanjeloning burni

    Mikelanjelo o‘zidan avtoportretlar qoldirmagani maʼlum. Sanʼatshunoslarga ko‘ra, Uyg‘onish davri anʼanasiga muvofiq u baribir ayrim sevimli asalariga o‘zining yuz tasvirini kiritgan. Masalan, “Pyeta II” haykallar kompozitsiyasi — u yerdagi avliyo Nikodim yuzi aslida Mikelanjeloga tegishli ekani aytiladi. Ammo bularning barchasi taxmin xolos. Gap shundaki, yuqoridagi qahramonning burnida biror jarohat borligini anglatuvchi belgi yo‘q. Mikelanjeloning burni esa yoshligida yaxshigina singani maʼlum.

    O‘smirligidayoq uning sinfdoshi, bo‘lajak haykaltarosh Torrijano di Torrijani Mikelanjeloga bir umrlik saboq bergandi. Mana, u bu voqeani qanday eslaydi: “Buonorrotining rasm chizadigan barchaning ustidan kuladigan odati bor edi. Bir safar qattiq jahlim chiqib ketganidan, burniga musht tushirdim va barmoq suyagim hamda uning burni qirsillaganini his qildim. Bu tamg‘a butun umr unga qoladigan bo‘ldi”.

    Davidning burni

    Umuman olganda, bularning barchasi yoshlikdagi sho‘xliklar. Yoshi ulg‘aygan sari Mikelanjelo o‘zi uchun eng muhim shiorni o‘ylab topadi: “Buyurtmachi doim haq. Nohaq bo‘lsa ham, shunday qilginki, u o‘zini haq va butunlay rozidek his qilsin”. Bu Mikelanjeloning eng mashhur asari “David”da ham o‘z ifodasini topgan.

    “David” haykali
    Foto: Public Domain

    O‘sha davrda ham ijodkorlar kengashi va davlat buyurtmasini qabul qiluvchi komissiyalar “sanʼatni hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunamiz”, deya hisoblagan. Mikelanjeloning “David”i ham ularning eʼtiboridan chetda qolmaydi.

    Florentina Respublikasi Konstitutsiyasi kafolati bo‘lgan, Florensiya adolat gonfalonyeri unvoniga ega Pyero Soderini “Injil”da keltirilgan shohning burni katta ekanini aytadi. Haykaltarosh bahslashib ham o‘tirmaydi. Jorjo Vaziri uning keyingi harakatlarini quyidagicha tasvirlaydi:

    Mikelanjelo chap qo‘liga kesgich hamda marmar taroshlashdan yig‘ilgan kukunni olib, haykalning yelkasi qadar ko‘tarilgan havozaga chiqdi va ish qurolini yengilgina ishga solgan holda qo‘lidagi kukunni bildirmasdan to‘ka boshladi. Shundan so‘ng, pastga qarab gonfalonyerga “Endi qarang-chi”, dedi. U bo‘lsa, “Endi menga ko‘proq yoqyapti — siz unga hayot baxsh etdingiz”, dedi.

    “Qoqib olingan tishlar”

    Mikelanjeloning o‘limidan keyin unga tegishli shkaf, shuningdek, tuvak, ko‘zalar ichidan katta boylik topiladi: 8190 oltin dukat. Buncha mablag‘ning ahamiyatini taqqoslash uchun Mikelanjeloning zamondoshi bo‘lgan Rafaelni keltirish mumkin — u 3,6 ming dukatga hashamatli qasr sotib olgandi.

    Sikstin kapellasi shiftining markaziy kompozitsiyasidan o‘rin olgan “Odam Atoning yaratilishi” freskasi
    Foto: Public Domain

    Ko‘pchilik Mikelanjelo agarda “Buyurtmachi doim haq” tamoyiliga rioya qilib ishlamaganida, bunchalik katta miqdordagi pulni to‘play olmagan bo‘lardi, deya hisoblaydi. Bunday o‘ziga xos nayrang uchun esa Medichilar oilasining eng yorqin vakili — Lorensoga minnatdorchilik bildirish lozim. U o‘z uyida qadimgi yunon haykallari mavzusida Haykallar bog‘ini yaratishga qaror qiladi. Ularning nusxalarini yaratish uchun iqtidorli yosh usta yuborishlarini so‘raydi va Mikelanjelo xizmatga keladi. Qitmirlikka o‘ch bo‘lgan Mikelanjelo yunon mifologiyasida hosildorlik xudosi bo‘lgan favn haykali nusxasiga o‘zgartirish kiritadi: til va tishlarini olib tashlaydi.

    Lorenso buni payqab qoladi va tanbeh beradi: “Qariyalarning bitta bo‘lsa ham tishi bo‘lishini bilmaysanmi, nimadir yetishmayapti?”. Mikelanjelo zudlik bilan o‘z favniga tish qo‘yib, jag‘ida biroz bukilgan holatni ham hosil qiladi va Lorensoning hayratiga sabab bo‘ladi: Florensiyaning barcha narsaga qo‘li yetadigan yetakchisi shundan so‘ng, Mikelanjeloning homiysiga aylanadi.

    “Isoga motam”
    Foto: Wikipedia

    Lorenso Medichining o‘limidan keyin taxtga uning o‘g‘li Pyero o‘tirib, Florensiyadagi respublika tuzumini parokanda qiladi. Bu vaqtda Italiyaga Karl VIII boshchiligidan fransuz armiyasi hujum boshlaydi. Mamlakatda inqilob yuzaga keladi. Florensiya harbiy harakatlar domida qolib ketadi, Mikelanjelo esa Venetsiya va Rimga yo‘l olib, u yerda haykaltaroshlik ilmlarini oshiradi.

    1498-yilda yaratilgan “Vakx” haykali va “Pyeta” kompozitsiyasi uni butun dunyoga mashhur qiladi. O‘lgan Isoni qo‘lida ushlab turgan yosh Mariya haykali Avliyo Pyotr cherkoviga joylashtiriladi. Bir necha kundan keyin Mikelanjelo ibodatga kelgan odamlardan biri “Pyeta” kompozitsiyasini Kristofer Solari yaratgani haqida gapirayotganini eshitib qoladi. Jahl otiga mingan yosh usta cherkovga kirib, Mariyaning ko‘ksidagi tasmaga o‘z imzosini tushiradi — “buni Mikelanjelo Buonarroti yaratdi, Florensiya”.

    Mikelanjeloning qabri
    Foto: Wikimedia Commons

    Mikelanjelo umrining oxirgi yillarida sheʼriyat va meʼmorlik bilan shug‘ullandi. 1546-yildan Rimdagi Avliyo Pyotr Sobori, Kapitoliy maydoni ansambli meʼmorligi ustida ishladi, o‘limidan so‘ng uning loyihasi asosida qurib bitkazilgan.

    “Sheʼrlar” kitobi vafotidan so‘ng dastlab 1623-yilda nashr qilinadi. Mikelanjelo g‘oyalari insonparvarlik, xalqchillik, realizmning keyingi rivojiga xizmat qildi. Mikelanjelo asarlarida insonga muhabbat va uning ulug‘vorligi hamda go‘zalligiga ishonchni saqlab qola oldi va ifoda eta oldi.

    28.07.2024, 18:10   Izoh (0)   8754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘aroyib Klementina: Uinston Cherchillning rafiqasi qanday qilib Angliyani, oilasi va bosh vazirni qutqargan edi?

    14.07.2024, 11:31

    Rassom, ixtirochi yoki iqtidorli uddaburon — mashhur alifbo muallifi Semyuel Morze aslida kim edi? 

    20.07.2024, 18:00

    Mariya Montessori — dunyo bolalariga hayotini bag‘ishlab, o‘z farzandini tashlab ketgan ayol taqdiri

    27.07.2024, 20:52

    Isroil “Hizbulloh”ga qarshi urush boshlamaslik shartini ma’lum qildi

    28.07.2024, 17:55

    MDH davlatlaridan birida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

    28.07.2024, 16:50

    Moskva AQSH va Janubiy Koreyaning yadroviy rejalaridan xavotir bildirdi 

    28.07.2024, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.