Parij Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik erkin kurashchilar turnirdagi bugungi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
Javrail Shapiyev o‘zbekistonlik erkin kurashchilarning g‘alabali ishtirokini boshlab berdi. -86 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi ilk bosqichda gruziyalik Vladimeri Gamkrelidzedan ustun kelib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan bellashadi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi G‘ulomjon Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Ilk bosqichda ozarbayjonlik Ali Abbos Rizozoda bilan bellashgan sportchi irodali g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini naqd qildi.
Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Xarutyunyan o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi.
Izoh (0)