Daryo

Parij—2024. Bahodir Jalolov germaniyalik bokschini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 

Jalolov oltin medal sari dadil qadam tashlamoqda

1 daqiqa o‘qish70 063 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: MOQ

Olimpiada doirasida boks musobaqasining +92 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik Nelvie Tiafakka qarshi jang qildi. 

Birinchi raund Bahodirning to‘liq ustunligida o‘tdi. Ikkinchi raundni ham o‘zbekistonlik bokschi o‘z foydasiga hal qildi.

Uchinchi raundda ham raqibiga hech qanday imkon qoldirmagan Bahodir final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bahodir bundan oldingi bosqichlarda norvegiyalik Omar Shihaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi, shuningdek, avstraliyalik Teremoana Teremoanani taslim etgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar