Parij Olimpiadasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Biroq avval Yekaterina Shubina Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlagandi. Yana bir baydarkachi Shaxriyor Mahkamov ham Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi.
1000 metr masofaga kechgan chorak final bahsida Shaxriyor 3:35.43 daqiqada uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Ammo bu Mahkamovga yarim final yo‘llanmasi uchun kamlik qildi va shu nuqtada ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)