• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Qanday qilib oddiy oiladan chiqqan 5 nafar ayol milliarder shayxlarning rafiqasiga aylangan?

    Har bir qiz yoshligida haqiqiy malika bo‘lishni va saroyda yashashni orzu qiladi. Ulg‘aygach esa bu orzu bilan xayrlashishlari kerak, ammo ba’zi omadlilar ertakni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishgan.

    Raniya Al Abdulloh

    Raniya qanday qilib shayxni maftun etish va unga turmushga chiqish haqida kitob yozsa ham bo‘ladi. U uchrashuvdan bor-yo‘g‘i 4 oy o‘tib, shahzodaga turmushga chiqadi. Raniya nafaqat 1999-yildan buyon Iordaniya qiroli bo‘lib kelayotgan shahzoda Abdullaning rafiqasi, balki ayollar huquqlari, jumladan, kiyim tanlash erkinligi uchun faol kurashchi hamdir. Raniyaning o‘zi kofta va jinsi shim kiyishni afzal ko‘radi — uning sevimli dizayneri Jorjio Armani. U ro‘molsiz ham omma oldiga chiqishi mumkin — u ayolni tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki aql-zakovati bilan baholash kerak, degan fikrda. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda, ayol internetda kanali va blogini boshqaradi. Sharq an’analariga zid bo‘lgan tamoyillari, qarashlari va xatti-harakatlariga qaramay, Raniya turmush o‘rtog‘i, o‘z xalqi va yevropaliklarning mehrini qozongan.

    Uning yordami bilan zo‘ravonlikka uchragan bolalarga yordam ko‘rsatish uchun birinchi markaz quriladi. Shu bilan birga, bu nozik ayol Iordaniya armiyasining polkovnigi ham. Oddiy pediatrlar oilasida tug‘ilgan Raniya yoshligidanoq o‘qishga katta g‘ayrat ko‘rsatib, o‘zining qat’iyatliligi va irodaliligi bilan boshqalardan ajralib turgan.

    Natalya Aliyeva

    Minskda o‘tkazilgan o‘q otish musobaqasiga kelgan Dubay amirining jiyani Jismoniy tarbiya akademiyasining belaruslik talabasi bilan tanishib qoladi. Qiz o‘sha paytda 20 yoshda bo‘lib, ofitsiant bo‘lib ishlagan. Natalya Aliyeva tanishganlaridan bir necha kun o‘tgach, sportchi, milliarder va siyosatchi Said al-Maktumning rafiqasiga aylanadi. Erkak ham mukofotni, ham xotinini olib uyiga qaytadi. O‘sha paytda u allaqachon uylangan va 5 nafar merosxo‘ri bor edi. Shunday qilib, Natalya shahzodaning rasmiy ikkinchi xotini bo‘ladi va tez orada qizini dunyoga keltiradi. Oysha (Natalyaning islomiy ismi) bugungi kungacha Dubaydagi saroyda yashaydi. Uning sevimli uy hayvoni ko‘pchilik ayollar kabi mushuk emas, balki geparddir.

    Fotima Kulsum Zohar

    Qanday qilib oddiy oiladan bo‘lgan qiz Saudiya Arabistoni qirolining qalbini zabt etib, uning rafiqasiga aylangani haqidagi sir haligacha ochilmagan. Faqat bitta narsa ma’lum: eri unga o‘z xonalarida uxlash huquqini bergan. Undan oldin hech bir xotin yoki haramning birorta kanizagi bunday siylovga erisha olmagan. Qirolichaning davlatning ijtimoiy va siyosiy hayotiga hech qanday aloqasi yo‘q, lekin uning vazifasiga xayriya markazlarini tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Fotima o‘zining shaxsiy blogi va Facebook sahifasini yuritadi, u ba’zan obunachilari bilan shaxsiy fotosuratlarini baham ko‘radi.

    Shayxa Moza

    Qatarning amaldagi hukmdorining onasi amirning ikkinchi xotini hisoblanadi. Uning kamtarona nasl-nasabi Qatar shahzodasining xotini bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Shayxa Moza ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bajonidil muloqot qiladi va turli darajadagi bir nechta lavozimlarni egallaydi. Bunday faol va xilma-xil hayotiy pozitsiya uni boshqa Sharq malikalaridan sezilarli darajada ajratib turadi.

    Ba’zi siyosatchilar u haqda faqat erkaklar jiddiy qabul qilinadigan mamlakatda inqilobni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan ayol sifatida gapirishadi. Eri hokimiyatdan ketib, o‘g‘li davlat tepasida turgan bugungi kunda ham Moza nafaqat o‘z mamlakatida, balki butun dunyoda o‘ta nufuzli ayol. Unga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q, chunki u og‘ir ish yukiga qaramay, bolalariga juda ko‘p vaqt ajratadi.

    Lalla Salma

    Lalla Marokashda oddiy maktab o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan. U 3 yoshga to‘lganda, onasi vafot etadi — qiz va singlisini tarbiyalash buvisiga qoladi. Lalla yoshligidanoq muhandislikka qiziqqan. O‘qish va amaliyotini tugatgan qiz muhandis bo‘lib ishlay boshlaydi. Lalla Salma bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, Marokash qiroli Muhammad VI bilan yopiq kechalarning birida tanishadi.

    Lalla tez-tez xalqaro tadbirlarda qatnashadi va matbuot uning kiyinishdagi uslubini bir necha bor qayd etgan. O‘z vatanida u mehribon inson sifatida tanilgan. Lalla ikki farzandning onasi, turli xayriya tadbirlari va fondlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi.

    02.08.2024, 11:30   Izoh (0)   13532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bekhem, Beyonse, Kardashyan va boshqa yulduzlarning eng zo‘r mashinalari (foto)

    01.08.2024, 12:05

    Nega Dubay amirining islomni qabul qilgan grek qizi to‘yidan bir yil o‘tib, ajrashgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi?

    01.08.2024, 09:30

    Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi bilan ham olamshumul mashhurlikka erishgan hind aktyorlari (foto)

    01.08.2024, 16:25

    Hind kinosi yulduzi Amir Xon ishtirokidagi eng yaxshi komediyalar

    02.08.2024, 10:35

    “Havo yetishmayapti”: nafas olish qiyinlashganda nima qilish lozim?

    01.08.2024, 18:30

    Robert Dauni jahon kinosi tarixidagi eng ko‘p gonorar to‘langan aktyorga aylanishi mumkin (foto)

    01.08.2024, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.