• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Faqat o‘g‘il bolaga imtiyoz bermay, qiz bolani ham o‘qiting” — Niderlandiya va Londonda tahsil olgan 24 yoshli dekan o‘rinbosari Habiba Hidoyatova bilan suhbat (foto)

    Zamonamizning ilmli yoshlaridan biri Habiba Hidoyatova 24 yoshni qarshilagan. Yosh bo‘lishiga qaramay, u ayni vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti talabalariga saboq berish bilan birga Biznes boshqaruv fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritadi. Ingliz, nemis va rus tillarida erkin suhbatlasha oladi. Suhbat davomida u Buyuk Britaniya va Niderlandiya universitetlarida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llayotgani haqida ishonch bilan gapirdi.

    “Bobom sabab xorijda tahsil oldim”

    — Oiladagi muhit sabab bolalikdan kitobga mehr qo‘yganmiz. Ko‘chada o‘rtoqlarim o‘yin o‘ynashsa, onam vaqtni zoye ketkazmay, kitob o‘qishimizni va qayta so‘zlab berishimizni aytardi. Biroz o‘ynashga ruxsat bergan taqdirda ham avval 15 bet kitob o‘qishimiz kerak edi. Ko‘chaga chiqish umidida o‘qirdig-u, ammo qiziqishimiz ortib, tashqariga chiqish xohishimizni ham unutardik. Baʼzan uyimizda televizor ko‘rishga ham cheklov qo‘yishganidan ranjirdik. O‘ylab qarasam, o‘sha vaqtda oilamizda eng to‘g‘ri tarbiya usuli tanlangan ekan. Kitobga oshnolik sabab ingliz tilini o‘rganishim ham oson kechdi. Maktabni tamomlab, xorijiy universitetda o‘qishni istagandim. Ammo dadam qiz bola bo‘lganim uchun xorijda o‘qishimga qarshilik qildi. Bobom esa meni qo‘llab-quvvatlab, xorijning eng nufuzli universitetlarida o‘qishimga sababchi bo‘ldi. Londonda o‘qishni istardim, ammo kontrakt to‘lovi qimmat bo‘lgani sababli Yevropa davlatlaridan birida o‘qishni tanladim.

    Niderlandiyaning Gaga shahridagi Leiden universitetiga hujjat topshirdim. Davlat boshqaruvi va iqtisodiyot yo‘nalishiga qabul qilindim. Bobomning o‘zi Niderlandiyaga olib borib, joylashtirib kelgan. Diplom ishi yozayotganingizda ham uni kimgadir atasangiz bo‘lardi. “Taʼlim olishimga sababchi bo‘lgan bobomga bag‘ishlayman”, deb yozganman. Keyinchalik dadamning fikrlari ham o‘zgardi. Qizim chet elda o‘qiydi, deya faxrlanib gapirardi. Men kabi singlim ham xorijiy universitetlarga hujjat topshirdi. Hozirda u Buyuk Britaniyada tahsil olmoqda.

    “Eynshteyn dars bergan universitetda o‘qidim”

    — Niderlandiyada taʼlim tizmi juda yaxshi rivojlangan. Universitetda ham darslar juda sifatli bo‘ladi. Bu yerda o‘qishni tanlaganlarimdan asosiy sabablaridan ham biri shu edi. Bu yerda Eynshteyn ham dars bergan. NATOning rahbari darslarimizga ham kirar edi. Bu kabi insonlarning maʼruzalariga kirish erkin, ammo joy yetishmaslik holatlari juda ko‘p bo‘ladi. Talabalar joy yetishmaganidan yerga o‘tirib ham maʼruzani tinglashardi.

    Bu mamlakatda taʼlim olish uchun IELTSdan eng kamida 7 bo‘lishi kerak. Ammo kontrakt summasi unchalik qimmat emas. Yiliga 2 500—2 800 yevro edi. Hujjat topshirayotganda motivatsion xat, sertifikat, tavsiyanoma so‘rar, suhbat davomida esa nima sababdan bu universitetni tanlaganingiz, kelajakda 5 yoki 10 yildan so‘ng o‘zingizni qayerlarda ko‘rishingiz, talabaning fikrlashiga, uning rejalariga, kelajakda bu oliygohni bitirgach, nima ishlar bilan shug‘ullanishingizga eʼtibor berishar, siz ularni o‘zingiz maqsadlaringizga ishontira olishingiz kerak edi.

    Ikki yil talabalar yotoqxonasida yashadim. Universitetimiz 21 qavatli bo‘lib, uning besh qavati o‘quv binosi, qolganlari talabalar uchun yotoqxona edi. Universitet maʼmuriyatiga uchrashsangiz, yashash xarajatlaringiz qoplab beriladi. Yotoqxonada turli millat vakillari bir qavatga joylashtiriladi. Talabalarning fikrlashi o‘sishi, tezroq moslashishi uchun ham bu usulni qo‘llashadi. Sharoitlari juda yaxshi edi. Har bir talaba uchun alohida xona beriladi. Uchinchi kursda esa gollandiyalik do‘stlarim bilan birgalikda kvartira ijaraga olganmiz. Narxi esa 880 yevro bo‘lgan. U yerlik talabalar darsdan keyin kutubxonaga shoshadi, ishlagan taqdirda ham taʼlimga bo‘lgan eʼtibori susaymaydi. O‘qish — ularning oliy maqsadi.

    Niderlandlar hisobchi xalq

    — Niderlandiya aholisining ko‘pligi jihatidan Hindistonga o‘xshab ketadi. Xalqi to‘g‘riso‘z va hisobchi. O‘zbekistonda tanishlarimizni xafa qilmaslik uchun o‘z talablarimizni ham aytishga xijolat bo‘lamiz. Ularda buning butunlay aksi. Dilidagi gapni ochiqchasiga aytadi. Masalan, kursdosh qiz va yigitlar qahva ichganida jentlmenlik qilishlari yoqimli holat. U yerda esa hisob-kitoblar sentlariga teng bo‘linadi.

    “Faoliyatimdan ko‘nglim to‘lmadi”

    — U yerda 3 yil o‘qib, O‘zbekistonga qaytdim. Bu orada turmush qurdim. Tashqi ishlar vazirligida yarim yil stajyor bo‘lib ishladim. So‘ngra Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar jalb etish agentligiga mutaxassis bo‘lib ishga kirdim. Vazifam esa chet eldan kelgan mehmonlarga bu soha haqida maʼlumot berish edi. Ammo faoliyatimdan ko‘nglim to‘lmadi, o‘zimni rivojlanmay, bir yerda qotib qolgandek his qildim. Shu bois magistraturada tahsil olishga qaror qildim.

    “Nimaki niyat qilsang, albatta yetishasan...”

    — Bir kuni Janubiy Koreyaga o‘qishga kirsa, o‘qish va yashash xarajatlarini KOICA fondi qoplab berishi haqidagi xabarni o‘qib qoldim. Ishxonamdagi hamma qizlar bilan birgalikda hujjat topshirdik. Men KAIST, yaʼni Koreya Ilg‘or fan va texnologiya institutiga hujjatlarimni topshirdim. Biroz muddatdan so‘ng qabul qilinganligim haqida xabar keldi. Turmush o‘rtog‘im “Janubiy Koreyada nima qilasan, Londondagi Imperial kollejga topshir”, deb maslahat berdi. Uning ishonch bildirganini ko‘rib, qanday qilib hujjat topshirganimni ham bilmay qoldim, lekin javobi kelavermadi. Agar o‘tolmasam, ikki haftadan keyin Janubiy Koreyaga ketishim kerak edi. Birinchi avgust kuni tabrik xati keldi.

    “Inson nimani chin dildan xohlasa, butun koinot unga yordam beradi”, deyishgani rost ekan. Bakalavrda Londonda o‘qiyolmagan edim, magistraturani Londonda o‘qish nasib qildi.

    “Qiz bolani ham o‘qiting”

    — Nafaqat o‘g‘il bola, balki qiz bola ham xorijda tahsil olishga haqli. Qiz bola xorijda o‘qimasligi kerak, degan tushuncha yo‘q. Chunki xorijda o‘qigan talabaning malakasi oshadi, ilmi ortadi, dunyoqarashi kengayadi. Ota-onalar qizlariga sep yig‘may, taʼlim olishlari uchun sharoit yaratib berishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayol kishi kelajak avlodga taʼlim beradi, farzandlarning ilmli bo‘lishi ko‘p jihatdan onalariga bog‘liq.

    Bizning jamiyatda o‘g‘il bolalarga “imtiyozli” deb qarashadi. Qiz bolalarda esa ayrim holatlarda aksincha bo‘ladi. “O‘qib olim bo‘larmiding, diploming sandiqda chang bosib yotadi”, “Osmondagi oyni olib berarmiding”, degan so‘zlarni gapirguncha, ozroq farzandingizni ham eshiting. Uning ham orzulari tomon harakat qilishiga ruxsat bering. Gender tengligini oiladan boshlab, o‘g‘lingiz qatori qizingizni ham o‘qiting. Xoh chet elda, xoh o‘zimizda bo‘lsin, muhimi qizlarni ham o‘qiting.

    “Endi Amerikada taʼlim olmoqchiman”

    — Hozirgi vaqtda o‘ylab qo‘ygan rejalarim juda ko‘p. Uch yil bakalavr, bir yil magistraturani chet elda o‘qib keldim. Olgan bilimlarimni talabalarga ko‘proq o‘rgatib, yoshlarimizning o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga yordam bermoqchiman. Doktoranturani esa Amerikada davom ettirish niyatim bor, deydi Habiba Hidoyatova.

    Eshonqulova Gavhar suhbatlashdi

    30.07.2024, 19:35   Izoh (0)   6902
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jabrlanganlar, vatanga qaytarilganlar va jinoyatlar: ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan ma’lumot berdi

    30.07.2024, 19:10

    Farg‘onada o‘quvchi qizdan ro‘molini yechishni talab qilib, kaltaklagan direktorga chora ko‘rildi 

    30.07.2024, 19:00

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani ochiqlandi 

    30.07.2024, 18:35

    O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi 

    30.07.2024, 17:55

    Qoraqalpog‘istonda 180 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanganlar ushlandi 

    30.07.2024, 17:25

    Toshkentda ikki nafar shifokorni ayovsiz kaltaklagan bemor va uning o‘rtoqlari qamoqqa olindi

    30.07.2024, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyada politsiya dronlar yordamida plyajdagi o‘yinchoq timsohni uch kun izladi

    Dunyo | 30 iyul, 20:55

    Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan, Amerikaga atigi 20 dollar bilan kelib, milliarderga aylangan Arnold Shvarseneggerning murakkab hayot yo‘li

    Shou-biznes | 30 iyul, 20:40

    O‘zbekistonda uchta bankni xususiylashtirish keyingi yillarga qoldirildi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 20:27

    Rasman. Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir” futbolchisi (video)

    Sport | 30 iyul, 20:18

    Pavel Durov “crypto” username uchun 25 mln dollar taklif etilganini ma’lum qildi

    Dunyo | 30 iyul, 20:10

    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

    Reklama | 30 iyul, 19:30

    “Real”ning yangi futbolchisiga mavsumoldi mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat berilmadi

    Sport | 30 iyul, 19:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.