Farg‘ona viloyati Furqat tumanida o‘gay aka ukasi uyga merosxo‘r bo‘lishidan qo‘rqib, uni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Furqat tumanida aka o‘gay onasi va uning voyaga yetmagan farzandi bilan ular uy-joyga merosxo‘r bo‘lishidan qo‘rqib, doimiy janjallashib kelgan.
Voqea sodir bo‘lgan kuni esa maktabga ketish uchun hozirlik ko‘rayotgan ukasini aka hovli chetidagi qo‘shimcha binoga sudrab kirib, uning bosh, bo‘yin, ko‘krak qafasi, iyak sohasi kabi aʼzolariga pichoq bilan tan jarohati yetkazadi.
Jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ushbu janjalga aralashgan otaga ham ushbu shaxs yuzining chap sohasiga pichoq sanchib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi hukmiga ko‘ra ayblanuvchi Jinoyat ishlarining tegishli moddalari bilan 15 yil-u 6 oyga qamaldi.
Izoh (0)