Miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan dunyodagi birinchi bemor amerikalik Nolan Arbo “yozish” dasturga o‘rgatayotganini aytdi.
Kecha biz “barmoq yozuvi”ni amalga oshirdik. Imo-ishora tiliga o‘xshaydigan dasturda men alifboni jestlar tilida yozaman, algoritm uni o‘rganadi, deydi tajriba ishtirokchisi.
U, shuningdek, Neuralink ishlab chiquvchilari bilan birgalikda odamga “yozish”ga yordam beruvchi dasturni o‘qitayotganini ma’lum qilgan.
Neuralink algoritmiga nima qilmoqchi bo‘lganimni o‘rgatish uchun besh-oltita belgidan boshladik. Men bir necha so‘zni fikr yordamida “yozdim”, bu juda zo‘r edi, deydi Arbo.
Tajriba ishtirokchisining so‘zlariga ko‘ra, “bu faqat boshlanishi”.
Arbo yetti yil avval baxtsiz hodisada falaj bo‘lib qolgan edi. U miyasiga miya signallarini qabul qilish va uning buyruqlarini bajarish uchun mo‘ljallangan, implant o‘rnatgan birinchi odam bo‘ldi. Bemorning ko‘z harakatlarini monitorda kuzatish bo‘yicha ilgari ma’lum bo‘lgan texnologiyalardan farqli o‘laroq, Neuralink bemorlar kompyuterni tom ma’noda “fikr kuchi bilan” boshqarishini ta’minlashga harakat qilmoqda.
Tadqiqot ishtirokchisining so‘zlariga ko‘ra, videoo‘yinlar uning sevimli eksperiment turlaridan biri bo‘lib qolsa-da, u sinov doirasidagi barcha amaliyotlardan zavqlanadi.
Izoh (0)