Fransiyaning Yevroaeroport nomi bilan tanilgan Bazel—Molyuz—Frayburg aeroporti minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan vaqtincha yopildi.
Le Monde’ning aeroport matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Sapyorlar zudlik bilan aeroportga yetib kelgan. Keyinchalik Yevroaeroport ishni qayta boshlaganini e’lon qildi.
Bugun, 26-iyul kuni Parijda Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kerak. Shu kuni Fransiya milliy temiryo‘llari kompaniyasining uchta tezyurar temiryo‘l liniyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Rahbariyat sabotaj haqida xabar berdi.
Poyezdlar jadvalining bekor qilinishi va kechikishi 800 ming yo‘lovchiga ta’sir o‘tkazdi. O‘yinlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlanishiga 20 daqiqa qolganida hech qanday izohsiz bekor qilindi.
Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Izoh (0)