Xorvatiyaning Daruvar shahridagi qariyalar uyida noma’lum erkak to‘pponchadan o‘t ochib, besh kishini o‘ldirdi.
Bu haqda Xorvatiya radio va televideniyesi (HRT) xabar berdi. Voqea oqibatida jarohat olganlar ham bor bo‘lib, ular kasalxonaga yotqizilgan.
“Maʼlumotlarga ko‘ra, bir kishi keksalar va nogironlar uyiga kirib, odamlarga qarata o‘q uzgan, besh kishi voqea joyida halok bo‘lgan, qolganlariga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi milliy telekanal xabarida.
Mahalliy OAV hujumchi allaqachon hibsga olinganini taxmin qilmoqda, Xorvatiya Ichki ishlar vazirligi hali bu haqda rasmiy bayonot bermadi.
Izoh (0)